$
12158.13 UZS
-33.12
153.98 UZS
-0.22
14166.65 UZS
55.28
31° Kechasi 18°

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

12:43 / 02.11.2025

Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. “Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilingan.

Uchrashuvda Turkiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mehmet Oqtosh ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbek delegatsiyasining Anqaraga xizmat safari doirasida Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Turkiya ijtimoiy himoya sohasida hukumatlararo bitim tuzish istiqbollarini muhokama qildi. Muloqot davomida Turkiya mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri o‘rinbosari Faruk O‘zchilik turk tomoni migratsiya sohasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga hamda uning tashkiliy mexanizmlarini rivojlantirishga tayyorligini aytdi.

Shuningdek, Turkiyada uy xizmatchilari sifatida faoliyat yuritayotgan, biroq noqonuniy holatda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari maqomini legallashtirishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklarni legallashtirish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa tomonlar siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy sohada, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamda mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan muntazam maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.


O‘zbekiston


														
														12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:30 / 11.03.2026

														
														Bloger Sirojiddin Odilov qamoqqa olindi

Bloger Sirojiddin Odilov qamoqqa olindi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
15:13 / 11.03.2026

														
														AQShdan 72 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

AQShdan 72 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Bugun, 11-mart kuni AQSh O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘…
14:43 / 11.03.2026

														
														O‘zbekistonda 2 oy davomida 8 ta narkolaboratoriya fosh etildi

O‘zbekistonda 2 oy davomida 8 ta narkolaboratoriya fosh etildi

Joriy yil 2 oyida huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida 8 ta g‘ayriqonuniy …
11:38 / 11.03.2026

														
														“Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazi…
10:26 / 11.03.2026

														
														Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning sof og‘irligi 1 kg 232 gr bo‘lib, umumiy bahosi 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mni tashkil…
09:54 / 11.03.2026

														
														Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Ushbu tartibga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq barcha jarayonlar dav…
09:25 / 11.03.2026

														
														O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

1-martdan 31-maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26-apreldan 10-iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi …
16:41 / 10.03.2026

														
														Toshkent aeroporti va Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh qilindi

Toshkent aeroporti va Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh qilindi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy oli…
16:19 / 10.03.2026

														
														11-mart uchun ob-havo ma’lumoti

11-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin.
16:16 / 10.03.2026

Bu ham qiziq

AQShdan 72 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

AQShdan 72 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Bugun, 11-mart kuni AQSh O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘…
14:43 / 11.03.2026
Bloger Sirojiddin Odilov qamoqqa olindi

Bloger Sirojiddin Odilov qamoqqa olindi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
15:13 / 11.03.2026
O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

1-martdan 31-maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26-apreldan 10-iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi …
16:41 / 10.03.2026
Chexiyada pasportsiz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chexiyada pasportsiz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Chexiyaga ishlash maqsadida kelgan, biroq ayrim huquqiy muammo va moliyaviy sabablarga ko‘ra, murakkab vaziyatga tushib qol…
09:46 / 10.03.2026
Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
09:19 / 09.03.2026
AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyadan Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga zarba berishi uch…
13:50 / 09.03.2026
11-mart uchun ob-havo ma’lumoti

11-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin.
16:16 / 10.03.2026
Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Klassik shaxmat bo‘yicha live reytingida ikki o‘zbekistonlik grossmeyster dunyoning Top-10’taligiga kirdi.
09:51 / 09.03.2026
Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, …
21:09 / 08.03.2026
Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga qaytarilganlar soni 25 047 nafarga yetdi

Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga qaytarilganlar soni 25 047 nafarga yetdi

O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 10-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra 25 047 nafarga yetdi. B…
13:23 / 10.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!