Rossiyada sodir bo‘lgan YTH yuzasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi axborot berdi.
2024-yil 1-sentyabr kuni M-12 “Vostok” federal avtomagistralida Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada sakkiz kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. Shuningdek, 3 nafar fuqaromiz turli xil tan jarohatlari bilan Nijniy Novgorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, mamlakat Hukumati tomonidan tez orada halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z vataniga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi Elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!