Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yoshli bola uylangani haqidagi videolar keng tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida IIV tomonidan o‘rganilmoqda.
Aniqlanishicha, video Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro N.A. (1983-yilda tug‘ilgan erkak) ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Videodagi dastlabki kadrlar 2025-yil noyabr oyida Pastdarg‘om tumani “Obid Nur”to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida tasvirga olingan bo‘lib, go‘yoki kelin-kuyov bo‘lib sahnada o‘tirgan voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq keyingi kadrlar esa tumanining boshqa “Shomgul”to‘yxonasida tasvirga olinganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, N.A. ikki alohida joyda olingan tasvirlarni montaj qilib, yagona videorolik shakliga keltirgan va uni obunachilar sonini oshirish maqsadida, prank sifatida e’lon qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!