Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahrida avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi 2 ta MChJ tomonidan ijaraga olingan omborlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.
Natijada, boshqa tovarlar niqobi ostida mamlakatga noqonuniy import qilingan, aksiz markasi bo‘lmagan “Milano”, “Mond”, “Esse”, “Zumerret” kabi jami 29 nomdagi 1 mln 963 ming 964 quti tamaki mahsulotlari hamda 4 nomdagi 807 kg oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning umumiy bahosi 33,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!