2026-yil 27-martdan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Mazkur qatnovlar yo‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilmoqda. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
“Toshkent — Shahrisabz” yo‘nalishida Toshkent shahridan poyezd soat 06:33 da harakatlanadi.
“Shahrisabz — Toshkent” yo‘nalishida Shahrisabz shahridan poyezd soat 16:24 da harakatlanadi.
“Chiptalarni rasmiy savdo kassalari hamda onlayn platformalar orqali xarid qilishingiz mumkin”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!