Yaqin kelajakda Samarqanddagi mashhur Ulug‘bek observatoriyasida quyosh soati o‘rnatiladi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi astronomiya instituti xodimlari yaratayotgan quyosh soati observatoriya kabi sayyohlar va mehmonlarni ham o‘ziga jalb qilishi shubhasiz.
– O‘zbekiston huhudida asrlar osha ajdodlarimiz quyosh, suv, qum, yulduz soatlaridan foydalanib kelishgan, – deydi observatoriya ilmiy xodimi Ikromiddin Sirojiddinov. – Bundan bir necha o‘n yillar muqaddam, Sovet ittifoqi davrida Ulug‘bek haykali poyida betondan yasalgan qum soati bo‘lar edi. U aniq vaqtni ko‘rsatmas, ya’ni ramziy soat edi. Ammo hozirda olimlarimiz observatoriyamiz uchun haqiqiy quyosh soatini yaratish ustida ish olib bormoqdalar. Bunda qadimiy quyosh soatlari nusxalari o‘rganilib, quyosh soyasiga ko‘ra vaqt ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Quyosh soati vaqt taqsimlanishini ko‘rsatadigan yassi asos va mildan iborat bo‘ladi. Quyoshli kunda milning soyasidan kun vaqti aniqlanadi.
Astranomiya instituti akademigi Shuhrat Egamberdiyev quyosh soatining bir necha turi bo‘lishini aytadi. Uning aytishicha, hozirda xodimlarning chizmalari asosida tayyorlanayotgan soat gorizont quyosh soati hisoblanadi. Soat esa tayyor bo‘lish arafasida.
Quyosh soati hozirda Ulug‘bek madarasasi hovlisida saqlanayotgan soatga nimasi bilandir o‘xshash. Lekin uning asos aylanasi diametri 70 santimetr bo‘ladi. Soyasi vaqtni belgilaydigan milda Samarqand shahri ramzi – qanotli yo‘lbars tasviri bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!