$
11912.38 UZS
31.45
153.39 UZS
0.11
13873.16 UZS
78.21
31° Kechasi 18°

Senat “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunni ma’qulladi

14:55 / 19.11.2021

2021-yil 19-noyabr kuni Senatning yigirma birinchi yalpi majlisda  “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni ham muhokama qilindi.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi mamlakatda favqulodda holat sodir bo‘lganda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qo‘llaniladi.

Qonunda favqulodda holatni joriy etishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar aks ettirilgan. 
Xususan, favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibi, qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari, favqulodda holat sharoitida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek mansabdor shaxs huquqlarining kafolatlari, favqulodda holat sharoitlarida sudlarning faoliyatini tartibga soluvchi va boshqa maxsus qoidalar mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Qonunda favqulodda choralar, ularning ta’siri doirasi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxslar huquq va erkinliklariga o‘rnatilayotgan vaqtinchalik cheklovlar, ularga yuklatilayotgan qo‘shimcha majburiyatlar, kuchga kirish vaqti hamda amal qilish muddati kabi bir qancha choralar tartibga solinmoqda.

Qonun bilan respublika bo‘yicha joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati o‘ttiz sutkadan, uning ayrim joylarida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati esa oltmish sutkadan oshishi mumkin emas. Agar favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmagan bo‘lsa, favqulodda holatning amal qilishi Prezidentning farmoni bilan yana bir muddatga uzaytirilishi mumkin. Lekin mazkur farmon Parlament qo‘shma majlisida tasdiqlanishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, qonunda favqulodda holat rejimini ta’minlash uchun Ichki ishlar va Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek Favqulodda vaziyatlar oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalaridan foydalanish belgilanmoqda. Alohida hollarda esa, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda, favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun Prezident farmoniga asosan Mudofaa vazirligining kuchlari va vositalari ham jalb etilishi mumkin.

Shuningdek, Qonun bilan favqulodda holat joriy qilingani haqida chegaradosh davlatlarga diplomatik kanallar orqali xabar berilishi ham belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.


Bu ham qiziq

Toshkentda Hongqi va BYD to‘qnashdi

Toshkentda Hongqi va BYD to‘qnashdi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
12:42 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,4 mln nafar O‘zbekiston fuqa…
14:31 / 03.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
08:33 / 04.12.2025
Odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Tergov hujjatlariga ko‘ra, ushbu ayol yuqori maosh va’dasi bilan qizlarni aldab Turkiyaga olib borgan, u yerda esa ularning …
17:58 / 02.12.2025
Putin frontdagi muvaffaqiyatlarning asosi nimada ekanligini aytdi

Putin frontdagi muvaffaqiyatlarning asosi nimada ekanligini aytdi

Putin Rossiya fuqarolari tomonidan maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilariga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashni frontdag…
17:32 / 03.12.2025
Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival avtomobillarini taqdim etdi — narxlar rasman e’lon qilinib, muhim o‘zgarishlar och…
14:56 / 04.12.2025
"Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot soʻrayaptilar" - Saida Mirziyoyeva

"Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot soʻrayaptilar" - Saida Mirziyoyeva

Toshkent shahridagi havo holati masalasi bo‘yicha Maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
21:01 / 02.12.2025
Toshkentda 17 kg narkotik sotishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda 17 kg narkotik sotishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

IIV xabariga ko‘ra, Dastlab, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt avtomobilini ko‘zdan kechirish natijasida tra…
09:17 / 04.12.2025
Ukraina va Irlandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

Ukraina va Irlandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Dublinga tashrifi chog‘ida Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin bilan Rossiyaning muzlat…
08:56 / 03.12.2025
2025-yilda O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p Hindistondan talabalar kelgan

2025-yilda O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p Hindistondan talabalar kelgan

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-15 davlat fuqarolari nomi ma’lum qilindi.
12:21 / 04.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!