20-martdan Toshkent shahri va viloyati shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlari yagona tarifga o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
“Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradi”, – deyiladi xabarda.
Masalan, endilikda “Toshkent — Bekobod — Toshkent” yo‘nalishi yagona tarif narxi 12 000 so‘m, “Toshkent — Xojikent — Toshkent” yo‘nalishi 10 000 so‘m.
Yo‘l haqi to‘lovlari elektron tarzda ATTOdan amalga oshirilganda yo‘lovchilar 500 so‘m tejashlari mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!