$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida nutq so‘zladi

15:00 / 04.07.2024

"Hurmatli rais!

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti barcha ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jo‘mart Kemelevich To‘qayevga samimiy qabul va bugungi uchrashuvimiz yuksak darajada tashkil etilayotgani uchun bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

Belarusning SHHTga qo‘shilish jarayoni yakuniga yetgani bilan tabriklayman. Bu, hech shubhasiz, sheriklikning qo‘shimcha imkoniyatlarini ochadi. Ushbu voqea munosabati bilan hurmatli Aleksandr Grigorevich Lukashenkoni samimiy qutlayman.

Biz Qozog‘istonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga faol va samarali raisligi yakunlarini yuksak baholaymiz, bugungi majlisimiz kun tartibiga kiritilgan masalalar va qarorlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Ushbu sammit xalqaro vaziyat keskinlashayotgan bir sharoitda o‘tmoqda. Yangi vayronkor mojarolar paydo bo‘lmoqda, global va mintaqaviy xavfsizlikka xavf va tahdidlar kuchayib bormoqda. Bu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch kamayayotgan, qarama-qarshilik va ziddiyatlar ortishi natijasida geosiyosiy keskinlik tobora o‘sayotgan vaziyatda kechmoqda.

Xalqaro huquq me’yorlari va tamoyillari tez-tez buzilmoqda. Tobora kuchayib borayotgan inqiroz va muammolarni hal qilish bo‘yicha jahon hamjamiyatida mavjud bo‘lgan vositalar, afsuski, o‘zining samaradorligini yo‘qotdi.

Bunday murakkab vaziyatda SHHTning asosi bo‘lgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlash va yanada mustahkamlash favqulodda muhimdir. Ana shu tamoyillar tufayli Tashkilot bugungi yutuqlarga erishdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlashtiruvchi o‘ringa ega bo‘ldi.

Kelgusida ham “Shanxay ruhi”ning mustahkam zamini bo‘lgan tamoyillar – o‘zaro ishonch va manfaat, tenglik, madaniyatlar rang-barangligiga hurmat va umumiy taraqqiyotga intilish, qarorlar qabul qilishda konsensus tamoyilining o‘zgarmasligi va Tashkilotning bloklardan xoli maqomini saqlab qolish, uning ochiqligi, uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmagani, iqtisodiy, harbiy va siyosiy salohiyatidan qat’iy nazar barcha ishtirokchilarning teng huquqliligi va suverenitetini hurmat qilishga qat’iy rioya etish muhim, deb hisoblaymiz.

Hozirgi kunda SHHT hamjihatligi zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Biz “SHHT oilasi” jipsligini kuchaytirishimiz, birgalikda rivojlanish tamoyilini hayotga izchil tatbiq etib, ochilayotgan yangi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz zarur.

Buning uchun bizda barcha shart-sharoitlar mavjud. Jahon aholisining 40 foizdan ortig‘i, global yalpi ichki mahsulotning chorak qismidan ko‘prog‘i mamlakatlarimiz hissasiga to‘g‘ri keladi. Hech shubhasiz, ushbu beqiyos salohiyatni ro‘yobga chiqarish bizdan iqtisodiy sheriklikning yangi modellarini shakllantirishni va SHHT doirasida barqaror rivojlanishning uzoq muddatli kun tartibini ishlab chiqishni talab etadi.

Shuni ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston 2030 yilga borib milliy iqtisodiyot hajmini ikki barobar oshirishga qaratilgan chuqur o‘zgarishlarni davom ettirmoqda. Bunga, avvalo, innovatsion va yuqori texnologiyali tarmoqlarni shakllantirish, “yashil” va raqamli texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energetika ulushini tubdan oshirish hisobidan erishishga intilyapmiz.

Hurmatli hamkasblar!

Bizning nuqtayi nazarimiz bo‘yicha SHHT oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishga ijozat bergaysiz.

Birinchi. Global darajada ishonch taqchilligi misli ko‘rilmagan darajaga chiqqan sharoitda umumiy xavfsizligimizni ta’minlashda yangi yondashuvlarni izlash zarurati o‘sib bormoqda.

Shu bois, hozirgi paytda umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamjihatlik bo‘yicha biz ilgari surgan Samarqand tashabbusining ahamiyati har qachongidan ham dolzarbdir.

SHHTning Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksi qabul qilinishi hozirgi yangi sharoitda muloqotni mustahkamlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkonini beradi, deb hisoblaymiz.

Ikkinchi. Iqtisodiy sohada hamkorlik bo‘yicha strategik yuksalishga erishish.

O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo davlatlar bilan savdo aylanmasi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 20 foiz, joriy yil boshidan buyon esa yana 15 foizga o‘sdi.

SHHT doirasida savdo jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha bitimni ishlab chiqish vaqti keldi, deb hisoblaymiz. Hujjatga savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, texnik reglamentlar va sertifikatlash, fitosanitariya va veterinariya nazorati tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kiritish mumkin.

Bundan tashqari, transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha jahondagi tendensiyalarni hisobga olgan holda, ushbu sohada amaldagi raqamli savdo platformalari integratsiyasini ko‘zda tutuvchi hamkorlik dasturini tayyorlashni taklif etamiz.

Uchinchi. Sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash.

Eng avvalo, infratuzilma, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taklif etamiz. Bunda ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini puxta o‘ylab ko‘rish, SHHT Jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga qaytish muhim.

To‘rtinchi. “Sharq–G‘arb” va “Shimol–Janub” yo‘nalishlari bo‘yicha inklyuziv transport tizimlarini shakllantirish mamlakatlarimiz iqtisodiy salohiyatini samarali rivojlantirish imkonini beradi.

Alohida ta’kidlab aytaman: transport yo‘laklari ko‘p variantli bo‘lishi – bu butun mintaqamiz barqaror rivojlanishining eng muhim shartidir.

Shuningdek, Logistika jarayonlarini raqamlashtirish rejasini ishlab chiqish, shu jumladan, mamlakatlarimiz chegaralari orqali o‘tadigan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarning elektron almashuvini tashkil etishni taklif qilamiz.

Beshinchi. SHHT makonida zamonaviy va ishonchli energetika infratuzilmalarini kengaytirish.

Biz O‘zbekistonda “yashil” energetikani jadal rivojlantirish bo‘yicha katta dasturni qabul qildik. Yiliga ikki gigavatt quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirmoqdamiz. Sanoat darajasida “yashil” vodorod ishlab chiqarish loyihasi ustida ish boshlandi.

Qayta tiklanadigan energetikaga investitsiya va texnologiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlikning kompleks rejasini ishlab chiqishni taklif etamiz.

Oltinchi. Jadallashtirilgan raqamli transformatsiya.

Bizning fikrimizcha, raqamli iqtisodiyotga o‘tish, “sun’iy intellekt”ni, ilg‘or IT qarorlarni joriy etish mamlakatlarimiz raqobatbardoshligida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shu borada bilimlar, tajriba va eng yaxshi amaliyotlar almashuvi, IT parklarning tizimli hamkorligini rivojlantirish maqsadida “SHHT kelajak texnologiyalari” dasturini ishlab chiqish tarafdorimiz.

Yettinchi. Ijtimoiy rivojlanish va himoya sohasida SHHT mamlakatlari hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etamiz.

Ishonchim komilki, aholi hayot darajasini yuksaltirish va hududlarni, birinchi navbatda, qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni amalga oshirish 2030-yilgacha mo‘ljallangan eng muhim maqsadlarga erishish yo‘lida umumiy hissa bo‘ladi.

Sakkizinchi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni yetkazib berish imkoniyatlari nomma-nom aks ettirilgan mamlakatlarimizning agrosanoat sohasidagi salohiyati haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradigan “SHHT oziq-ovqat xavfsizligi atlasi” qo‘shma elektron platformasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf va xatarlarga qarshi kurashishda mamlakatlarimiz vakolatli organlari faoliyatini yaqindan muvofiqlashtirishni, shu jumladan, SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi yo‘nalishida davom ettirish zarur.

Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan va mintaqaviy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Afg‘onistonning hozirgi ma’muriyati bilan munosabatlarni o‘rnatish borasidagi yondashuvlar turli ekani ma’lum. Aminmanki, Kobul bilan muloqotlarni saqlash butun mintaqaning xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot borasidagi manfaatlariga mos keladi. Tobora ko‘proq davlatlar buni tushunib yetmoqda.

Shu munosabat bilan, “SHHT–Afg‘oniston” muloqot guruhining faoliyatini qayta tiklash haqidagi taklif hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Sammitimiz SHHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlari – Pekin shahridagi Kotibiyat va Toshkent shahridagi Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi tashkil etilganiga 20 yil to‘lgan yilda o‘tmoqda. Qisqa davrda ular sheriklikning samarali mexanizmi sifatida mustahkam qaror topdi va ko‘p tomonlama institutlar o‘rtasida munosib o‘rin egalladi.

Biz SHHTni yanada rivojlantirish jarayonlari tarafdorimiz va Tashkilotimizning faoliyatini takomillashtirish haqidagi taklifni qabul qilishga tayyormiz.

So‘zimning yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikni Xitoy Xalq Respublikasi qabul qilib olayotgani munosabati bilan hurmatli Si Szinpin Janobi Oliylariga bildirilgan tabrik so‘zlariga qo‘shilaman.

O‘zbekiston SHHT doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga sodiq ekanini yana bir bor tasdiqlayman.

E’tiboringiz uchun rahmat." – degan O‘zbekiston rahbari.


O‘zbekiston


														
														2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025

														
														O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025

														
														Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025

														
														Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025

														
														DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025

														
														843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025

														
														Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025

														
														1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025

														
														Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025

														
														O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025

Bu ham qiziq

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!