$
11802.19 UZS
-7.63
139.87 UZS
-0.81
13527.67 UZS
-41.81
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

17:04 / 10.11.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda tibbiyot sohasining o‘ziga 230 trillion so‘m  yo‘naltirildi. Buning hisobiga joylarda 187 ta yangi poliklinika va shifoxona ishga tushdi, 1 ming 244 tasi rekonstruksiya qilinib, jihozlandi.

Natijada birlamchi tibbiyot muassasalari quvvati 60 foizga oshib, tibbiy xizmat aholiga ancha yaqinlashdi. Ilgari asosan poytaxtda bajarilgan yuqori texnologik va diagnostika-davolash usullarining 400 dan ortig‘i hududlarda amalga oshirilmoqda. Yuzlab murakkab amaliyotlar viloyat markazlariga, kam invaziv operatsiyalar tuman darajasiga tushirildi.

Birinchi marta 45 ta tumanda buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Tibbiyotdagi bu o‘zgarishlarni millionlab odamlarimiz o‘z hayotida his etmoqda, xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda.

So‘nggi yillarda yurtimiz tibbiyotida ilg‘or texnologiyalar joriy etilib, ta’lim jarayonlariga ham keng tatbiq qilinmoqda. Xususan, uchta oliy ta’lim muassasasi negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi. Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Sakkizta tibbiyot oliy ta’lim muassasasi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Bu sohada zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash imkoniyatlari yanada kengaydi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida infratuzilma yaxshilanishi natijasida ta’lim oluvchilar soni 29 ming 864 nafarga yetdi. O‘quv jarayonlari eng zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarildi, raqamlashtirish faol davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalari haqida axborot berildi. Mamlakat bo‘ylab davlat tibbiyot muassasalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlandi, yagona raqamli infratuzilma shakllantirildi.

2024–2025-yillarda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi lokal tarmoq bilan ta’minlandi. Minglab yangi kompyuterlar xarid qilinib, texnik baza yangilandi.

Prezidentimizga DMED yagona elektron axborot tizimi imkoniyatlari ham taqdim etildi. Bu tizim orqali 36 million nafardan ziyod fuqarolarning tibbiy ma’lumotlari yagona bazada jamlandi. Tez tibbiy yordam xizmatida elektron boshqaruv yo‘lga qo‘yilib, chaqiriqlarga yetib borish vaqti 25-30 daqiqadan 10-15 daqiqagacha qisqartirildi. Yaqin kelajakda “Online-shifokor” xizmati joriy etilib, aholiga masofadan tibbiy maslahat berish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, “Elektron retsept” tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ortiqcha dori yozish holatlari 40 foizga kamaydi, dori vositalari aylanmasi shaffoflashdi. Barcha tibbiy ma’lumotlar biometrik himoya ostida saqlanib, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlanmoqda.

– Zamonaviy tibbiyot muassasalarini barpo etyapmiz, sohada sun’iy intellektni joriy qilyapmiz, eng ilg‘or uskunalarni olib kelyapmiz. Bu o‘zgarishlar eng quyi bo‘g‘ingacha yetib borishi zarur. Eng muhimi, har bir tibbiyot xodimining malakasini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashga e’tibor qaratishimiz lozim. Shundagina harakatlarimiz natija beradi, – dedi Prezident.

 “Raqamli sog‘liqni saqlash markazi” faoliyati haqida ham axborot berildi. Unda barcha tibbiyot muassasalarining faoliyati real vaqt rejimida kuzatilib, surunkali kasalliklar va aholi salomatligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinmoqda.

Prezidentimiz tibbiyot tizimining raqamlashtirilishi bemorlar uchun qulaylik, shifokorlar uchun samaradorlik, davlat uchun esa shaffoflik va tejamkorlikni ta’minlash uchun muhim ekanini ta’kidlab, bu ishlarni jadal davom ettirishni topshirdi.

Tashrif chog‘ida universitetdagi zamonaviy ta’lim muhiti va sun’iy intellekt yordamida faoliyat yuritayotgan o‘quv laboratoriyalari bilan tanishildi. Reanimatsiya, oilaviy poliklinika, shoshilinch yordam, operatsiya, pediatriya, akusherlik va terapiya bo‘yicha simulyatsion xonalarda talabalar amaliyot orqali bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda. Buning uchun yaratilgan sharoitlar va kelgusi rejalar haqida batafsil axborot berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, bu jarayonda ilg‘or usul va texnologiyalarni qo‘llashni yanada kengaytirish yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi.

O‘zbekiston

														Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi

Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rossiyalik milliarderlar USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov hamda Alfa-grupp hammuassi…
10:39 / 23.09.2026

														Saida Mirziyoyeva AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) rahbari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC)…
10:26 / 23.09.2026

														Yamanda husiylar sabab uch kunda 169 nafargacha odam halok bo‘ldi

Yamanda husiylar sabab uch kunda 169 nafargacha odam halok bo‘ldi

Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar harakati va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan …
10:06 / 23.09.2026

														Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Endilikda hokimliklar tomonidan qabul qilingan noqonuniy normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolar tomonidan ma’muriy sudda bevos…
09:39 / 23.09.2026

														23-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:30 / 22.09.2026

														Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metropolitenida 21-sentabr kuni yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda “Toshkent metropolite…
12:31 / 22.09.2026

														Ruminiyada qabristondan pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildi

Ruminiyada qabristondan pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildi

Ruminiyaning Slatina shahridagi Streherets qabristonida COVID-19 pandemiyasi davriga oid inson qoldiqlari va chirimagan jasa…
12:27 / 22.09.2026

														O‘zbekistonda ish joyidagi zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joyidagi zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan onlayn murojaat qilish imkonini beruvchi portal ishga t…
12:22 / 22.09.2026

														Samarqandda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnashiga izoh berildi

Samarqandda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnashiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hol…
12:16 / 22.09.2026

														Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Seksard shahrida o‘tkazilgan vino festivalida ovqat olish uchun navbatda turganida bir erk…
10:22 / 22.09.2026

Bu ham qiziq

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026
Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metropolitenida 21-sentabr kuni yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda “Toshkent metropolite…
12:31 / 22.09.2026
Yamanda husiylar sabab uch kunda 169 nafargacha odam halok bo‘ldi

Yamanda husiylar sabab uch kunda 169 nafargacha odam halok bo‘ldi

Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar harakati va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan …
10:06 / 23.09.2026
23-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:30 / 22.09.2026
Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda sun’iy intellektdan foydalanuvchi yangi kuchlarni tashkil etish rejasini ma’lum qild…
12:23 / 20.09.2026
Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Endilikda hokimliklar tomonidan qabul qilingan noqonuniy normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolar tomonidan ma’muriy sudda bevos…
09:39 / 23.09.2026
Surxondaryoda talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotishga urindi

Surxondaryoda talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotishga urindi

Surxondaryo viloyatida universitetning uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming doll…
15:56 / 21.09.2026
Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyoda suv zaxiralari va tog‘ muzliklari massasi kamayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, mintaqadagi muzliklar to‘p…
12:13 / 20.09.2026
Ruminiyada qabristondan pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildi

Ruminiyada qabristondan pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildi

Ruminiyaning Slatina shahridagi Streherets qabristonida COVID-19 pandemiyasi davriga oid inson qoldiqlari va chirimagan jasa…
12:27 / 22.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!