$
12102.39 UZS
-33.37
153.08 UZS
-0.32
13990.36 UZS
-77.41
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi

19:47 / 29.07.2025

Qadrli vatandoshlar!

Mamlakatimizda yagona va ahil oila bo‘lib yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlar vakillari bo‘lgan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Hech shubhasiz, yurtimiz zaminida qadimgi davrlardan buyon davom etib kelayotgan etnik xilma-xillik noyob ijtimoiy hodisa bo‘lib, bugun – Yangi O‘zbekiston sharoitida yangicha ma’no-mazmun va an’analarga ega bo‘lib borayotgani diqqatga sazovordir.

Barchamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan Vatanimiz aynan shu asosda inson qadri va baxti ulug‘lanadigan tom ma’nodagi tinchlik, do‘stlik va mehr-oqibat diyoriga aylanib bormoqda, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.

Muhtaram do‘stlar!

Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikning muhim omili bo‘lgan millatlararo munosabatlarni rivojlantirishni biz yurtimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab oldik va bu borada ulkan ishlarni amalga oshirib kelmoqdamiz.

Avvalo, sohaga doir davlat siyosati tubdan takomillashtirilib, uning huquqiy va institutsional asoslari mustahkamlandi.

Eng muhimi, bu yo‘nalishda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilib, ularning imkoniyatlari birlashtirilib, tizimli va keng miqyosda ish olib borilmoqda.

Birgina misol – mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi 100 dan ortiq vatandoshlar jamoat birlashmalari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yurtimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhiti, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini mustahkamlash, chet ellar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar, xalq diplomatiyasini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ijobiy natijalarga erishmoqda.

Biz o‘zining halol mehnati, vatanparvarlik fazilatlari bilan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ular davlat va jamoat tashkilotlarida turli mas’ul lavozimlarda chin dildan mehnat qilishmoqda, fidokorona xizmatlari uchun Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishmoqda. Ularning orasida deputat va senatorlar, taniqli ishlab chiqarish vakillari, tadbirkorlar, ta’lim, tibbiyot, ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’at va sport namoyandalari borligini barchamiz yaxshi bilamiz.

O‘z taqdiri va kelajagini O‘zbekiston bilan bog‘lagan bunday oliyjanob yurtdoshlarimiz tarixiy vatanlari bilan mamlakatimiz o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda ham alohida namuna ko‘rsatishmoqda.

Milliy-madaniy markazlarning barchamiz uchun umumxalq bayramlariga, go‘zal qadriyatlarga aylanib ketgan Navro‘z va Mustaqillik tantanalari, boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda doimo faol ishtirok etib kelishayotgani ham tahsinga loyiqdir.

Barchamiz birgalikda nishonlayotgan bugungi bayram – Xalqlar do‘stligi kuni ham xalqimizning tinchlik, do‘stlik va ezgulik g‘oyalari mujassam bo‘lgan boy madaniyati, urf-odat va an’analarini yaqqol namoyish etish uchun yana bir katta imkoniyat ekanini ta’kidlash lozim.

So‘nggi yillarda qat’iy siyosiy irodamiz bilan mintaqamizdagi qardosh davlatlar bilan do‘stona aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarilib, dunyo siyosatida “Markaziy Osiyo ruhi” degan ibora va voqelik paydo bo‘lgani barchamizning umumiy yutug‘imiz, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu haqda gapirganda, shu yil mart oyida O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Tojikiston chegaralari o‘zaro tutashgan nuqtada “Do‘stlik” stelasi o‘rnatilgani o‘rtamizdagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganidan yana bir yorqin dalolatdir.

Hurmatli yurtdoshlar!

Dunyoning turli mintaqalarida milliy va diniy asosda turli nizolar davom etayotgan hozirgi o‘ta tahlikali sharoitda  yagona O‘zbekiston g‘oyasi asosida eng katta boyligimiz – yurtimizdagi osoyishtalik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bilim-ma’rifat, kasb-hunarlar egasi etib tarbiyalash, inklyuzivlik tamoyillarini chuqurlashtirish borasidagi ishlarimizni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.

O‘zbekiston fuqarosi ekanidan faxrlanadigan barcha millat va konfessiyalar vakillari hamda xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini Konstitutsiya va qonunlarimiz talablari asosida hamma joyda qat’iy himoya qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Siz, azizlar Vatanimizning iqtisodiy va ijtimoiy qudratini oshirish, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish yo‘lida bundan buyon ham fidokorona mehnat qilib, butun kuch-g‘ayratingiz, bilim va tajribangiz, iste’dod va mahoratingizni, kasbiy va insoniy salohiyatingizni to‘la namoyon etasizlar, deb ishonaman.

Barchangizni bugungi shukuhli bayram bilan yana bir bor qizg‘in tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi oliyjanob faoliyatingizda yangi zafarlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Barchamiz uchun yagona Vatan bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz doimo omon bo‘lsin, hamisha gullab-yashnasin!

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda 2025-yil 5,4 mln aholi daromadli mehnat bilan ta’minlandi – Bandlik vazirligi

O‘zbekistonda 2025-yil 5,4 mln aholi daromadli mehnat bilan ta’minlandi – Bandlik vazirligi

“Mehnat bozorida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 5,4 mln aholi daromadli mehnat bilan ta’minlandi”, – deb xabar…
16:53 / 12.03.2026

														
														AQSh Eronga qarshi urushning birinchi haftasida 11,3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi — manba

AQSh Eronga qarshi urushning birinchi haftasida 11,3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi — manba

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Kongressi a’zolariga taqdim etilgan hisob-kitoblar faqat ayrim asosiy harbiy xara…
16:36 / 12.03.2026

														
														Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirilishi bo‘yicha 5 nafar o‘smir hibsga olindi

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirilishi bo‘yicha 5 nafar o‘smir hibsga olindi

“Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limida jami 5 nafar o‘smir gumonlanib hibsga olindi”, – deya xa…
16:05 / 12.03.2026

														
														Polshada og‘ir xastalikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Polshada og‘ir xastalikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan navbatdagi konsullik qabuli davomida Samarqand viloyatida tug…
15:26 / 12.03.2026

														
														O‘zbekiston eksportida qaysi hududlar yetakchi?

O‘zbekiston eksportida qaysi hududlar yetakchi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning umumiy eksport hajmi 33,8 mlrd AQSh dollarini t…
13:18 / 12.03.2026

														
														O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

Kecha, 11-mart kuni imzolangan qonun bilan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kucha…
12:13 / 12.03.2026

														
														Bugun metan “zapravka”lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi – Energetika vazirligi

Bugun metan “zapravka”lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi – Energetika vazirligi

Magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.
11:42 / 12.03.2026

														
														Toshkent va Andijon viloyatlarida narkotik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Toshkent va Andijon viloyatlarida narkotik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvda bo‘lgan, 2003-yilda Farg‘ona vi…
11:16 / 12.03.2026

														
														13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sh…
10:48 / 12.03.2026

														
														Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjonda qo‘lga olindi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabarni tasdiqlagan.
10:17 / 12.03.2026

Bu ham qiziq

Shimoliy Koreya yetakchisi qizi bilan birga raketa sinovini kuzatdi

Shimoliy Koreya yetakchisi qizi bilan birga raketa sinovini kuzatdi

Pxenyan rasmiylari bu sinov nafaqat texnik imkoniyatlarni tekshirish, balki mamlakatning yadroviy salohiyati va qat’iyatini …
16:05 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirilishi bo‘yicha 5 nafar o‘smir hibsga olindi

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirilishi bo‘yicha 5 nafar o‘smir hibsga olindi

“Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limida jami 5 nafar o‘smir gumonlanib hibsga olindi”, – deya xa…
16:05 / 12.03.2026
12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:30 / 11.03.2026
AQSh Eron bilan urushda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelmoqda — manba

AQSh Eron bilan urushda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelmoqda — manba

Bloomberg'ning yozishicha, dastlabki bosqichda amaliyot odatiy harbiy kampaniyaga o‘xshagan, ya’ni qanotli raketalar orqali …
13:52 / 11.03.2026
Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjonda qo‘lga olindi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabarni tasdiqlagan.
10:17 / 12.03.2026
13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sh…
10:48 / 12.03.2026
Polshada og‘ir xastalikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Polshada og‘ir xastalikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan navbatdagi konsullik qabuli davomida Samarqand viloyatida tug…
15:26 / 12.03.2026
Bloger Sirojiddin Odilov qamoqqa olindi

Bloger Sirojiddin Odilov qamoqqa olindi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
15:13 / 11.03.2026
AQSh Eronga qarshi urushning birinchi haftasida 11,3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi — manba

AQSh Eronga qarshi urushning birinchi haftasida 11,3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi — manba

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Kongressi a’zolariga taqdim etilgan hisob-kitoblar faqat ayrim asosiy harbiy xara…
16:36 / 12.03.2026
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Ushbu tartibga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq barcha jarayonlar dav…
09:25 / 11.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!