Joriy yil 29-yanvar, soat 23:00 dan – 30-yanvar, soat 02:00 gacha Shayxontohur tumanida yo‘l ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli Beruniy shoh ko‘chasining quyidagi yo‘nalishlarida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi:
– Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasidan Tinchlik ko‘chasi kesishmasigacha;
– Tinchlik ko‘chasi kesishmasidan Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasigacha.
“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish uchun aylanma yo‘llardan foydalanishingizni tavsiya etamiz” – deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!