$
12968.34 UZS
-6.64
132.32 UZS
-0.74
13492.26 UZS
-48.43
Kechasi -2°

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

20:44 / 29.01.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bu majmua tariximizda ilgari bo‘lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.

Ushbu markaz Prezidentimizning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari  uning poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi.

Bag‘oyat ulug‘vor markaz binosi uch qavatni tashkil etib, qadimgi  me’moriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uyg‘unligi unga alohida ko‘rk va salobat bag‘ishlagan. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.

Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mus’hafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lyozma Qur’onlardan namunalar ham o‘rin oladi.

– Xalqimizning boy va betakror merosiga oid ko‘p kitoblar, turli o‘lkalarga sochilib ketgan qo‘lyozmalar, noyob ma’lumotlar, san’at asarlari, afsuski, bizga noma’lum edi. Mana shu markaz sabab bo‘lib tarixni o‘rganishda katta qadamlar qo‘ydik, yangi manbalar yuzaga chiqdi. Endi bularning ta’siri, natijasi qanday bo‘ladi? Ularni faqat yodgorlik sifatida saqlamasdan, faol ilmiy iste’molga kiritish, aholimiz, yoshlarimizga tushunarli tilda yetkazish, jahon jamoatchiligiga keng targ‘ib qilish kerak. Bu dargoh nafaqat o‘tmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “O‘zbekiston XX asrda”, “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” kabi bo‘limlar tashkil etiladi. Prezidentimiz ularning ilmiy konsepsiyasi, yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur davrlar tarixi turli ashyolar, qo‘lyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyish etilgan. Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Ali Qushchi kabi alloma va mutafakkirlarning serqirra faoliyati haqida ma’lumot berilgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi ulamolarning islom ma’rifatiga qo‘shgan hissasi atroflicha yoritilgan.

Ayni vaqtda majmuada Bibixonim, Xonzodabegim, Gavharshodbegim, Gulbadan, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin kabi tariximizda chuqur iz qoldirgan mashhur ayollarning ilm-ma’rifat homiysi sifatidagi faoliyati ham o‘z ifodasini topgan. Bu ekspozitsiya bugungi qizlar uchun ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari markazning faoliyati va ahamiyati haqida to‘xtaldi.

– Islom sivilizatsiyasining, islom ta’limotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiyadir. Biz barpo etayotgan markazning bosh g‘oyasi, asosi ham shu. Eng muhim tomoni – yurtimizdagi islom madaniyati bilan bog‘liq bir necha ming yillik qadimiy o‘tmish bir joyda – mana shu majmuada mujassam bo‘ladi. Markaz bilan tanishgan odam ana shu tarixni yaqqol ko‘rib, islom dini, bu avvalo, tinchlik, taraqqiyot va bag‘rikenglik dini ekanini, o‘zbek xalqining dunyo tamadduniga qo‘shgan buyuk hissasini anglaydi, – dedi Prezident.

Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, markazda ulug‘ ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq qilish, uni bugungi kunning o‘tkir muammolariga javob bera oladigan hayotbaxsh kuchga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomidagi va boshqa xalqaro ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, birgalikda zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak.

– Nasib etsa, bu majmua o‘zimizning me’moriy tajribamiz, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik maktabi, ilmiy-ma’naviy salohiyatimiz ramzi sifatida tarixga kiradi. Har bir bo‘limning mazmun-mohiyati ayni shu maqsadga qaratilishi lozim. Chet eldagi mashhur muzey va kutubxonalar, nufuzli mutaxassislar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, kitoblar, maqolalar nashr etilayotgani e’tiborga loyiq. Bu ishlar doimiy va ilmiy asosga ega bo‘lishi uchun ishni rejali tashkil qilish kerak. Bosh maqsadimiz – milliy o‘zligimizni anglash va anglatish, – dedi davlatimiz rahbari.

Markaz tomonidan bir qator xalqaro ilmiy muassasa va tashkilotlar, jumladan, YUNESKO, AYSESKO bilan yaqin hamkorlik o‘rnatildi. 2024-yil avgustda Toshkent va Samarqand shaharlarida “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress o‘tkazildi. Unda 35 ta davlatdan 200 ga yaqin xorijiy olimlar qatnashib, markaz bo‘yicha qimmatli taklif va tavsiyalar bildirdi.

Qurilish ishlari va ekspozitsiya bilan tanishish jarayonida Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyatini tashkil etish, uning ma’no-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari shu yerda Toshkentning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ham tanishdi.

Bunday loyihalar ko‘p joylarda boshlangan. Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida 7/24 tartibida ishlaydigan o‘nlab sayyohlik manzillari tashkil etilgan.

Toshkentning eski shahar hududi o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga ega. Bu yerga yilning barcha mavsumida xorijiy sayyohlar ko‘p keladi. Shu bois hudud turizm xizmatlariga ixtisoslashtirilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili Chorsu bozori yonidagi Gulbozor mahallasida shunday ko‘cha tashkil etilgandi. Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i ham obodonlashtirilmoqda.

Endi bularga uyg‘un ravishda gastronomik va turizm ko‘chalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun 17 ta ko‘cha va 32 ta berk ko‘cha tanlab olingan. Ularda Eski shaharning o‘ziga xos me’moriy qiyofasini saqlab qolgan holda, qo‘shimcha infratuzilmalar yaratiladi.

Buning natijasida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 250 taga ko‘payadi, 1 ming 500 ta ish o‘rni ochiladi. Muhimi, kunlik sayyohlar soni hozirgi 4 mingtadan 11 mingtaga ko‘payishi kutilmoqda.

Mutasaddilarga tadbirkor va hunarmandlar uchun qulayliklarni ko‘paytirish, sayohatlarni mazmunli va qiziqarli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 


O‘zbekiston


														
														Yaponiyada o‘zbek madaniyati elchisi tayinlandi

Yaponiyada o‘zbek madaniyati elchisi tayinlandi

Yaponiya bilan madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida mashhur qo‘shiqchi va ijrochi Mashu Komazaki o‘zbek madaniya…
18:28 / 30.01.2025

														
														Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tiz…
16:37 / 30.01.2025

														
														Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga o…
14:35 / 30.01.2025

														
														O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

Bu haqda statistika agentligi tahlillarida ma’lum qilinmoqda.
12:57 / 30.01.2025

														
														Taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun BHMning o‘n baravarigacha jarima solinadi

Taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun BHMning o‘n baravarigacha jarima solinadi

Bu odamlarning sog‘lig‘iga, mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning ellik…
12:55 / 30.01.2025

														
														Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam bo‘l…
12:03 / 30.01.2025

														
														30-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

30-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
22:40 / 29.01.2025

														
														Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

29-yanvar kuni Anqara shahrida Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonl…
22:30 / 29.01.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Bu majmua tariximizda ilgari bo‘lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy …
20:44 / 29.01.2025

Bu ham qiziq

Ahmad ash-Shara Suriya prezidenti deb e’lon qilindi

Ahmad ash-Shara Suriya prezidenti deb e’lon qilindi

Bu haqda SANA davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
08:35 / 30.01.2025
29-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

29-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja  iliq bo‘ladi.
22:37 / 28.01.2025
Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
19:20 / 29.01.2025
Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga o…
14:35 / 30.01.2025
Janubiy Sudanda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Janubiy Sudanda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

BMTning mamlakatdagi missiyasiga tegishli Miraya radiosi xabar berishicha, aviahalokat natijasida 20 kishi halok bo‘lgan.
21:26 / 29.01.2025
ChatGPT va DeepSeek’dan ham kuchliroq sun’iy intellekt yaratildi

ChatGPT va DeepSeek’dan ham kuchliroq sun’iy intellekt yaratildi

AQSh texnologik kompaniyalari AI sanoatida ustunlikni saqlab qolishiga ishonch bildirmoqda.
12:54 / 30.01.2025
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

29-yanvar kuni Anqara shahrida Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonl…
22:30 / 29.01.2025
Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi xabar berdi.
22:21 / 28.01.2025
Vashingtondagi aviahalokat qurbonlarining jasadi Potomak daryosidan olib chiqildi

Vashingtondagi aviahalokat qurbonlarining jasadi Potomak daryosidan olib chiqildi

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi samolyot harbiy vertolyot bilan to‘qnashishi natijasida 18 kishi halok bo‘lgan.
12:03 / 30.01.2025
O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

Bu haqda statistika agentligi tahlillarida ma’lum qilinmoqda.
12:57 / 30.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!