$
12817.85 UZS
12.76
132.95 UZS
-0.15
13865.07 UZS
-24.61
12° Kechasi

ShHT sammiti munosabati bilan Oʻzbekistonda ilk bor xalqaro plener oʻtkazilmoqda

20:39 / 24.07.2022

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 15–16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti oʻtkaziladi.

Mazkur katta voqelikka tayyorgarlik koʻrish barobarida ushbu sammit doirasida oʻtkaziladigan xalqaro darajadagi koʻrgazmaga ham qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda.

Xususan, Turizm va madaniy meros vazirligi loyihasi asosida amalga oshirilayotgan plenerda bir qator chet-el mamlakatlaridan tashrif buyurgan taniqli, iqtidorli rassomlar “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti studiyalarida Samarqand va Buxoro shaharlarini oʻzlarining sanʼat asarlarida aks ettirishadi.

Maʼlum qilinishicha, tajribali rassomlardan iborat ilk delegatsiya Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi MDH mamlakatlaridan tashrif buyurgan boʻlsa, endi Hindiston, Pokiston, Yaponiya kabi Osiyoning janubiy va sharqiy hududlaridan, Italiya, Ispaniya, Germaniya singari Yevropa qitʼasi mamlakatlaridan ham taniqli rassomlar plenerda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelishi rejalashtirilgan.

Qayd etish mumkin, ShHT sammiti doirasida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmada namoyish etiladigan surʼatlarda Oʻzbekistonning tarixiy, diqqatga sazovor hududlarida joylashgan madaniy meros obyektlari, azaliy qadriyatlari, tarixini, urf-odatlari aks etadi.

Keyinchalik esa, taqdim etilgan asarlar tomoshabinlarni oʻzbek xalqining noyob tarixiy va madaniy merosi, shuningdek, ShHT mamlakatlarining oʻziga xos zamonaviy tasviriy sanʼati bilan tanishtirish maqsadida shu yilning sentyabr oyida, ShHT sammiti doirasida tashkil etiladigan xalqaro koʻrgazmada namoyish etiladi.


Bu ham qiziq

Og‘ir ko‘rpa yopinishning foydalari aniqlandi

Og‘ir ko‘rpa yopinishning foydalari aniqlandi

New Atlas nashrining xabariga ko‘ra, Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari tunda og‘ir ko‘rpa yopinib yotganda, u or…
12:18 / 23.10.2024
Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada oʻlik holda topildi

Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada oʻlik holda topildi

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, marhumlar ventilyatsiya tizimiga kirib qolgan gazdan zaharlangan.
17:30 / 22.10.2024
“Hizbulloh” rahbarining vorisi deb atalgan Hoshem Safi ad-Din ham halok bo‘ldi

“Hizbulloh” rahbarining vorisi deb atalgan Hoshem Safi ad-Din ham halok bo‘ldi

Isroil “Hizbulloh” rahbarining ehtimoliy vorisi bo‘lgan Hoshem Safi ad-Dinning o‘limini tasdiqladi.
09:17 / 23.10.2024
22-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
22:32 / 21.10.2024
Boburiylarga tegishli muhtasham albom Berlin kutubxonasidan topildi

Boburiylarga tegishli muhtasham albom Berlin kutubxonasidan topildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida bu haqida ma’lum qilindi.
11:19 / 23.10.2024
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilab qo‘yildi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilab qo‘yildi

21-oktyabr kuni Prezident tomonidan bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgi…
14:04 / 22.10.2024
Na’matakning foydali xususiyatlari

Na’matakning foydali xususiyatlari

Tanaga quvvat beradi, uning chidamliligini oshiradi.
17:25 / 21.10.2024
Endi shifokorlarga rentgen tasvirlari orqali suyaklar sinishini aniqlashda sun’iy intellekt yordam beradi

Endi shifokorlarga rentgen tasvirlari orqali suyaklar sinishini aniqlashda sun’iy intellekt yordam beradi

Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamni takomillashtirish instituti (NICE) sun’iy intellekt rentgen tasvirlari…
12:22 / 23.10.2024
Tennischi Rafael Nadalga hadya qilingan oltin raketka qancha turadi?

Tennischi Rafael Nadalga hadya qilingan oltin raketka qancha turadi?

Rafael Nadal - tennis buyukligining sinonimiga aylangan ism. 1986-yil 3-iyunda tug‘ilgan ispaniyalik tennischi o‘z faoliyati…
12:11 / 23.10.2024
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Isroilni qoraladi

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Isroilni qoraladi

Bu haqda Anadolu xabar berdi.
14:44 / 22.10.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!