BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Isroilni Beyt-Lahiya va G‘azoga qilingan hujumlar natijasida qurbonlar soni ko‘paygani sababli qoraladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
“Bosh kotib G‘azoda qurbonlar sonining davom etayotganini qat’iyan qoralaydi. Shuningdek, u G‘azo shimolidagi vaziyatning yomonlashishi va aholining ommaviy harakati haqida chuqur tashvish bildirdi”, – deb yoziladi Anadolu xabarida.
Guterresh tinch aholi har doim himoya ostida bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan va gumanitar yordam va qutqaruv guruhlariga kirishni ta’minlash zarurligini aytgan. Shuningdek, u Isroilning kasalxonalarga hujumlari allaqachon og‘ir gumanitar inqirozni yanada kuchaytirayotganini ta’kidlab, “kasalxonalar hujumlarning maqsadi bo‘lmasligi kerak”, – deb qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari Bosh kotib zudlik bilan sulh tuzishga chaqirib, xalqaro gumanitar huquqning buzilishi misli ko‘rilmagan darajaga yetganini ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!