“Shvetsiya va Finlyandiya 2023-yilda NATOga qo‘shiladi”, - dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.
Bosh kotib, shuningdek, blokning yangi a’zolarini ratifikatsiya qilish jarayoni o‘z vaqtida yakunlanishini aytdi, bundan tashqari u Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaga qarshi veto huquqidan uzoq vaqt foydalanmasligiga ishonch bildirdi.
Biroq, Stoltenberg ikki davlatning alyansga kirishining yakuniy sanasini aytmadi.
Dekabr oyi boshida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganini aytgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!