Aktrisa va boshlovchi Sitora Farmonova obunachilarga o‘zi va “muxlisi” o‘rtasida yuzaga kelgan noxush vaziyat haqida gapirib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir noma’lum shaxs aktrisa bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi haqida mish-mishlarni tarqata boshlagan.
“Yil davomida menga xat yozadigan bir yigit bor. Men uning xabarlarini ham o‘qimaganman. Lekin ma’lum bo‘lishicha, biz munosabatdamiz va men uni sevib qolganman. Quloq sol, xayolparast, men senga o‘xshaganlarga hech qachon e’tibor bermaganman. O‘z darajangga mos keladigan qizni top va o‘z fantaziyalaring bilan yashashda davom et”, deb izoh qoldirgan aktrisa o‘z sahifasida.
Aktrisaning o‘zi aytib o‘tganidek, erkak nafaqat yolg‘on ma’lumot tarqatgan, balki Farmonovaga o‘ldirishini aytib, tahdid ham qilgan.
Aktrisa u odamdan o‘zi va oilasini tinch qo‘yishini so‘ragan. “Men barcha ma’lumotlarni kerakli organlarga topshirdim va ular tez orada u odamga bog‘lanishadi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!