Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” klubi OFK kubogining chorak finaliga qadar yetib keldi. 6-sentyabr kuni Ulugʻbek Baqoyev jamoasi oʻz uyida Honkong klubini qabul qiladi.
Taqvim tuzilayotgan bir vaqtda OʻzPFL Jizzax klubining chorak finalda ehtimoliy toʻp surishini inobatga olgan.
Biroq bu vaqtda milliy terma jamoaning sentyabr oyidagi rejalariga aniqlik kiritilmagani sabab, Coca-cola Superliganing 19-tur uchrashuvlari FIFA sanasigacha taqab qoʻyilmagan edi.
Maʼlumki, milliy terma jamoaning sentyabr oyidagi oʻyinlari sanasi hozirgacha aniq emas. “Soʻgʻdiyona” esa OFK kubogi sabab zichlik yuzaga kelayotgan taqvimida biroz yengillik olish istagini bildirgan. Bu haqda UzPFL xabar berdi.
OʻzPFL vaziyatdan kelib chiqib, xalqaro maydonda Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan jamoa taklifiga rozilik bildirdi.
Unga koʻra, Jizzax klubining “Neftchi”ga qarshi 16-turdan qolib kelayotgan oʻyini 13 emas, balki 14-sentyabrda boʻlib oʻtadi.
Oʻz-oʻzidan chempionatning 19-turidan joy olgan “Metallurg” — “Soʻgʻdiyona” hamda “Neftchi” — “Dinamo” oʻyinlari 18-sentyabr kuni oʻtkaziladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!