$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Superkompyuter Yerning kelajagini bashorat qildi

17:08 / 27.09.2023

Bristol universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari Yer kelajagini simulyatsiya qilish (asli kabi ko‘rsatish) uchun superkompyuterdan foydalanishdi. Qurilma taxminan 250 million yil ichida sutemizuvchilarning ommaviy qirilib ketishini bashorat qilgan. Bu haqdagi tadqiqot “Nature Geoscience” jurnalida chop etildi.

Unda qayd qilinishicha, iqlim o‘zgarishi sayyoramizni yana bir falokatga olib keladi. Bundan tashqari, hozirgi global isish ham bunga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadi. Inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan global jarayonlar kutilganidek, ancha xavfli bo‘ladi.

Shunday qilib, modellashtirish kelajakda barcha qit’alar bitta – “Pangeya Ultima”ga birlashishini ko‘rsatgan.

“Litosfera plitalarining harakatini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, har 500-600 million yilda kontinental qobiq bloklari yagona superkontinentga to‘planadi. Shu sababli, bugungi kunda ularning yo‘nalishini va to‘qnashuv vaqtini oldindan aytish mumkin”, – deydi Bristol universitetining iqlimshunos olimi Aleksandr Farnsvort.

Shu bilan birga, qarib borayotgan Quyosh yorqinligining ko‘payishi va qit’alar harakati tufayli vulqon faolligining oshishi quyosh radiatsiyasining (2,5 foizga), shuningdek, atmosferadagi karbonat angidridning (1,5 marta) intensivligini oshiradi. Natijada, bu juda issiq va nam iqlimning shakllanishiga olib keladi.

“Pangeya Ultima” sirtining o‘rtacha harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha taxminan +40 daraja (hozirda +15 gradus) bo‘ladi. Bunday sharoitda yerning atigi 8 foiz qismi hayot uchun yaroqli bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, bundan ham yomonroq ssenariyni inkor etib bo‘lmaydi: harorat +50 darajagacha ko‘tariladi, sayyoradagi barcha o‘simliklar nobud bo‘ladi va fotosintez to‘xtaydi, bu esa sutemizuvchilarning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.

Qayd etish mumkin, Global isish bir asrdan ko‘proq vaqt davomida sodir bo‘lgan Yer iqlim tizimining o‘rtacha haroratining uzoq muddatli o‘sishi bo‘lib, uning asosiy sababi, olimlarning mutlaq ko‘pchiligiga ko‘ra, inson faoliyati (antropogen omil) bilan bog‘liq.

1850-yildan boshlab, Yer sathida har bir o‘n yillikda havo harorati avvalgi o‘n yillikdagidan yuqori bo‘lgan.

Global isishning oqibatlari orasida dengiz sathining ko‘tarilishi, yog‘ingarchilikning mintaqaviy o‘zgarishi, o‘rmon yong‘inlari, issiqlik to‘lqinlari kabi tez-tez sodir bo‘ladigan ekstremal ob-havo hodisalari va cho‘llarning kengayishi kiradi. BMT veb-saytida ta’kidlanganidek, sayyoramiz ekotizimlari va iqlim tizimida qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga olib keladigan chegaralardan oshib ketish allaqachon sodir bo‘lganligi haqida tashvishli dalillar mavjud.


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!