Har bir sayyoh safar yakuniga yetgunicha koʻproq surat olishga harakat qiladi. Sayyohlar diqqatga sazovor maskanlar yonida suratga tushishni juda yaxshi koʻrishadi. Ammo, dunyoda shunday maskanlar borki, ularni suratga olish qatʼiyan taqiqlangan.
Eyfel minorasi
Ushbu obyekt bilan bogʻliq vaziyatni noaniq deyish mumkin. Agar kunduz kuni uning yoniga kelib, minorani suratga olsangiz, hech qanday eʼtiroz bildirilmaydi. Agar minorani tunda suratga olsangiz, bu suratni uyga yetib olganingizdan keyin tomosha qilsangiz boʻladi. Suratdan tijorat maqsadida foydalanish qonunni buzishga tenglashtiriladi.
“Maxfiy kecha” freskasi
Leonardo da Vinchining mashhur asari Italiyaning Milan shahridagi Santa Mariya Delle Gratsiye ibodatxonasida joylashgan. Unga foto va videokamera tutib olgan sayyohlarning yaqin kelishlari ham taqiqlanadi.
Bunga kameralar chaqnashining bino ichidagi mikroiqlimga taʼsir qilishi va tasviriy sanʼat asariga zarar yetkazishi mumkinligi sabab boʻlgan. Asarni suratga olmoqchi boʻlgan sayyohlar uchun original nusxa yoniga koʻchirilgan namuna ham joylashtirilgan, uni suratga olishga ruxsat beriladi.
Kimsusan Quyosh saroyi
Shimoliy Koreya hanuzgacha dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan biri hisoblanadi. Sayyohlarning bu mamlakatga kelishlari taqiqlanmagan, lekin ularga oʻzlari xohlagan joylarga borishga ruxsat berilmaydi.
Misol uchun davlatning sobiq hukmdorlari dafn qilingan maqbara ichiga kirish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak boʻladi. Ekskursiya davomida qatʼiy qoidalarga amal qilish va saroyning ichki tomonini suratga olmaslik talab etiladi.
Toj Mahal maqbarasi
Hindistondagi bu maqbarani tashqi tomondan suratga olish taqiqlanmagan, lekin sayyohlar ichkariga kirganlaridan keyin kameralarni qoʻlga olmasliklari kerak. Sayyohlarning ushbu qoidaga amal qilishlari xavfsizlik xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Gap shundaki, maqbaraning ichki tomoni diniy ahamiyatga ega, bu yerni suratga olish maqbara ichiga dafn qilingan marhumlarga nisbatan hurmatsizlik deb qabul qilinadi.
Shohlar vodiysi
Misrning Luksor shahrida joylashgan mashhur Shohlar vodiysi piramidalarini suratga olgan sayyohlar jarimaga tortiladi. Ular qoidaga amal qilmaganliklari uchun 115 dollar jarima toʻlashadi.
Sikstin kapellasi
Afsonaviy Sikstin kapellasini suratga olish tijorat maqsadida taqiqlangan.
Gap shundaki, bu asarni qayta tiklash uchun Yaponiyaning “Television Network” kompaniyasi tomonidan juda katta mablagʻ sarflangan, natijada kompaniya noyob asar nusxasini fotosuratlar va videotasvir koʻrinishida tarqatish uchun eksklyuziv huquqni qoʻlga kiritgan.
Katta kanyon
Katta kanyon Qoʻshma Shtatlarning oʻziga xos timsollaridan biri, bu yerga har yili bir necha million sayyoh tashrif buyurishi ajablanarli emas. Shishadan yasalgan taqa shaklidagi tomosha maydonchasidan turib kanyonni koʻzdan kechirish mumkin. Biroq, tomosha maydonchasiga kamera va shunga oʻxshash boshqa texnik jihozlarni olib chiqish taqiqlangan.
Toj va Buyuk Britaniya hokimiyatining boshqa ramzlari
Buyuk Britaniya qirolichasi oʻz tojini kamdan-kam hollarda kiyadi. U Londonning Tauer binosida saqlanadi. Qirolichaning toji va hokimiyatning timsoli boʻlgan boshqa buyumlarni suratga olish uchun hech kimga ruxsat berilmaydi.
Noyshvanshtayn
Germaniyada joylashgan Noyshvanshtayn saroyi dunyodagi eng chiroyli qasrlardan biri boʻlib, noodatiy arxitekturasi bilan odamlarni hayratda qoldiradi. Sayyohlarning bunday betakror maskanni suratga olishni istashlari ajablanarli emas, lekin saroyni faqat tashqaridan suratga olishga ruxsat beriladi. Ichkarida esa suratga olish uchun cheklov mavjud.
Lenin maqbarasi
SSSRning sobiq hukumat rahbari Lenin maqbarasiga kameralar bilan kirishga ruxsat berilmaydi. Sayyohlarning qoidaga amal qilishlari uchun ularni maqbara ichiga avval tekshirib, keyin kirgazishadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!