$
11778.45 UZS
5.5
₽
138.35 UZS
-2.79
€
13198.93 UZS
-25.62
31° Kechasi 18°

Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda

11:38 / 28.01.2024

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vohada o‘tkaziladigan “Boysun bahori” ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikilmoqda.

Naqshinkor milliy so‘zanani nozik did, yuksak mahorat bilan tikish uchun “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibasi Malika Podshoyeva boshchiligida 100 nafar mohir kashtado‘z jalb etilgan. Hozirda alvon matoga surxoncha serjilo naqshlar chizmasini tushirish hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplarni tanlash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, boysunlik hunarmandlar tomonidan tikilgan, uzunligi 25 metr, eni esa 6 metrni, og‘irligi 60 kilogrammni tashkil etgan, hozirgi kunda dunyodagi eng katta so‘zana 2019-yilning aprel oyida Termiz shahrida o‘tkazilgan baxshichilik san’ati festivalida ilk bor namoyish etilgandi.


Bu ham qiziq

Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Litva poytaxti Vilnyusda chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Shaharda to‘planib qolgan chiqin…
12:19 / 04.10.2026
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida raqamlashtirish va dual ta’lim rivojlantirilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida raqamlashtirish va dual ta’lim rivojlantirilmoqda

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishildi. Hozirda oliygohda to‘rtta ta’lim yo‘nalishi bo‘…
09:38 / 06.10.2026
Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi. D…
12:02 / 05.10.2026
Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Yakshanba kuni poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Maxsus komissiya shamol 1…
15:37 / 04.10.2026
Avtobusni eshiklari ochiq holda boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Avtobusni eshiklari ochiq holda boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Toshkentda avtobusni harakatlanish vaqtida eshiklarini yopmasdan boshqargan haydovchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. B…
09:42 / 06.10.2026
O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat kasalligi tarqalishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosa…
15:24 / 06.10.2026
O‘zbekistonda bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutiladi

O‘zbekistonda bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutiladi

6-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz…
17:35 / 05.10.2026
Dual ta’limda OTM va korxonalar samaradorligi baholanadi

Dual ta’limda OTM va korxonalar samaradorligi baholanadi

O‘zbekistonda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. 2027/2028-o‘quv yili yakunidan boshlab oliy…
11:28 / 04.10.2026
Bog‘chadan oliy ta’limgacha yagona ta’lim tizimi joriy etiladi

Bog‘chadan oliy ta’limgacha yagona ta’lim tizimi joriy etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini Ta’lim va ilm-fan vazirligi sif…
10:05 / 05.10.2026
Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google shaxsiy akkaunt foydalanuvchilari uchun Gemini modellaridan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda. 9-oktyabrdan bosh…
12:07 / 05.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!