$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Tadbirkorlar uchun 14 foiz stavkada 5 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi

09:33 / 20.04.2022

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 300 mln dollar kredit liniyasini ajratiladi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.

Belgilanishicha:

– kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;

– tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan qurilish, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 5 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;

– tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davri 6 oygacha bo‘lganda 1 milliard so‘mgacha, 6 oydan 1 yilgacha bo‘lganda 2 milliard so‘mgacha, 1 yildan 2 yilgacha bo‘lganda 3 milliard so‘mgacha, 2 yildan 3 yilgacha bo‘lganda 4 milliard so‘mgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi;

– kredit liniyasi mablag‘larining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning maʼmuriy markazlaridan va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.


Bu ham qiziq

Bugun Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi 2024” turniri boshlanadi

Bugun Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi 2024” turniri boshlanadi

Toshkentda 21-30-noyabr kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari jam bo‘ladi. Boisi ushbu sanalarda shaxmat bo‘yicha uchi…
09:40 / 21.11.2024
Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Kecha, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun hibsga olish to‘…
09:38 / 22.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024
Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024
Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh harbiy byudjetini tahlil qilib, o‘z arsenalini modernizatsiya qilish uchun Kiyevga eskirgan ATACMS raketalarini yuborga…
11:34 / 21.11.2024
Poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
10:49 / 22.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
15:42 / 22.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!