“Tashabbusli budjet”ning joriy yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
“Ochiq budjet” portali orqali kiritilgan takliflarga quyidagi tartibda ovoz beriladi:
Openbudget.uz saytiga kiriladi;
“Tashabbusli budjet” bo‘limi tanlanadi;
“Ovoz berish” tugmasi bosiladi;
Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
“SMS orqali” tugmasi tanlanadi;
Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
“SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi;
mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi.
Ovoz berish jarayonlari 27-avgustdan 16-sentyabrga qadar davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!