Avval xabar berilganidek, 2023-yilda har biri 1500 dan ortiq ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 391 ta maktab uchun qo‘shimcha ravishda 300 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Natijada, 12 ming ta sinflarda ta’lim oluvchi 353 ming ta o‘quvchilarning ta’lim olish sharoitlari yaxshilanib, zamonaviy tarzda ta’lim olish imkoniyatlari yaratiladi.
Jumladan, mazkur maktablar uchun:
🔹116 618 ta o‘quv partalari va stol-stullar;
🔹12 127 ta elektron doskalar;
🔹14 556 ta kompyuter jihozlari;
🔹13 614 ta kitob va kiyimlar uchun javonlar;
🔹4 881 ta sport anjomlari va boshqa jihozlar xarid qilinishi ko‘zda tutilgan.
Mablag‘ ajratilayotgan maktablar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!