O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng, ilk bor qamoqda saqlanayotgan to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani ko‘rishga ruxsat berilmayotgani haqida gapirdi. U bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylagan postida yozib qoldirgan.
Tatyana Karimova birinchi navbatda kecha, 17-iyun kuni 25 yoshga kirgan nabirasi – Gulnora Karimovaning qizi Imonni tavallud kuni bilan qutlagan.
“Nevaram Imonni 25 yoshni qarshi olgani bilan tabriklayman. Baxt, farog‘at, mehr-muhabbat tilayman.
Lekin afsuski, bugungi go‘zal kun quvonchi to‘kis emas. 21-jazoni ijro etish koloniyasidagi qizim Gulnorani ko‘rishga ruxsat berilmadi…” – deb yozdi Tatyana Karimova.
Islom Karimov vafotidan to bugungi kunga qadar Tatyana Karimova to‘ng‘ich qizi haqida umuman hech qayerda so‘z ochmagan. Birinchi prezidentning dafn marosimida ham na Gulnora Karimova va na uning ikki farzandi ko‘rinish bermagan.
Bundan ikki yil avval, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova ham unga onasini ko‘rishga ruxsat berishmayotganini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!