AQSh mahsulotlari mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan kompaniyalarning “qora ro‘yxatini” yana kengaytirganini e’lon qildi. Ro‘yxatga Sharqiy Turkistonda yoki uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tovarlar kiritilgan.
Endi ushbu ro‘yxatda 107 ta kompaniya mavjud. Xitoyning o‘ttizga yaqin yangi kompaniyalari majburiy mehnat bilan yaratilgan xomashyo yoki qismlardan foydalanishda ayblanmoqda.
2021-yil dekabr oyida qabul qilingan qonunga ko‘ra, agar ishlab chiqaruvchi mahsulot ishlab chiqarish jarayonida majburiy mehnat qo‘llanilmaganligini isbotlamasa, Shinjon (Sharqiy Turkiston)dan AQShga tovarlarni olib kirishi taqiqlanadi.
Xitoy kompaniyalari allaqachon AQSh bozorida qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Vaziyat Trampning mamlakat tovarlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish tahdidlari bilan yanada og‘irlashmoqda, bu esa ba’zi kompaniyalarni o‘z ishlab chiqarishlarini Osiyoning boshqa mintaqalariga ko‘chirishga undashi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!