Ijtimoiy tarmoqlarda “Termizdagi yangi qurilgan “dom”ning devori shamoldan ko‘chib tushdi” sarlavhasi ostidagi video tarqaldi. Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati Termiz shahri “Guliston” MFY hududidagi 5 qavatdan iborat 20 xonadonli turar joy binosining tashqi devorining yon tomonidan 35-40 m2 qismi kuchli shamol ta’sirida ko‘chib tushgan.
“Hozirda buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Termiz qurilish industriya sanoat” IK tomonidan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha kerakli qurilish materiallari olib kelingan va tegishli ishlar olib borilmoqda”, – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bayonotida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!