$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

11:24 / 07.07.2024

Ko‘plab blokbaster va dramalardagi rollari tufayli mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor va prodyuser Tom Kruz 3-iyul kuni 62 yoshga to‘ldi. Kruz kasbiga sodiqligi bilan tanilgan va u xavfli tryuklarni dublyorlarsiz o‘zi bajaradi. O‘zining uzoq faoliyati davomida u “Oskar”ga nomzod va “Oltin globus” g‘olibi sifatida yana ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Tom Kruz Nyu Yorkning Sirakyus shahrida muhandis va o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. U aktyorlikka ilk qadamlarini 10 yoshida maktab teatr klubida qo‘ygan. Bolaligida tishlari qiyshiq, o‘ziga ishonmaydigan yigit bo‘lib, turli multfilm va kino qahramonlariga qiziqar, ularning ovoziga mohirona taqlid qilib, onasi va opa-singillarini kuldirardi.

O‘rta maktab o‘quvchisi sifatida u Ohayo shtatining Sinsinnati shahridagi fransiskan seminariyasida o‘qishga boradi, ammo uni tugatolmaydi. 18 yoshida u Nyu Yorkda ofitsiant bo‘lib ishlaydi, kechki payt aktyorlik darslariga qatnaydi. Biroz vaqt o‘tgach, Kruz Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi, shu yerda uning ajoyib karyerasi boshlanadi. Yosh aktyorning birinchi muhim kino loyihasi harbiy maktab kursantlari haqidagi “Kursantlar” dramasi edi. Keyin rejissyor Frensis Ford Koppola tomonidan o‘smirlardan iborat ikki to‘daning kurashi haqidagi “Chetlashtirilganlar” filmida suratga tushadi.

“Vampir bilan intervyu”, “Uddalab bo‘lmas topshiriq” va “Top Gan” jangovar filmlari, “Magnoliya”, “Vanilrang osmon”, “So‘nggi samuray” dramalari va boshqa ko‘plab filmlar aktyor karyerasining cho‘qqisi hisoblanadi.

Kruzning birinchi xotini aktrisa Mimi Rojers bo‘lib, aktyorni aynan u sayentologiya bilan tanishtirgan. Mimi bilan ajrashgach, Kruz 1990-yilda 23 yoshli Nikol Kidmanga uylanadi. Er-xotin Izabella Jeynni va Konnor Entoni ismli bolalarni asrab oladi. 2001-yilda Kruz xotiniga ajrashmoqchi ekanini aytadi.

Shundan so‘ng, u uch yil davomida boshqa aktrisa Penelopa Kruz bilan uchrashib yuradi. Britaniya-eronlik navbatdagi aktrisa Nazanin Boniadi bilan munosabatlari ham uzoq davom etmaydi.

2005-yilda Tom Kruz aktrisa Keti Holms bilan uchrashishni boshlaydi, 2006-yilda esa er-xotinning Suri ismli qizi tug‘iladi, ammo Holms 2012-yilda ajrashish uchun ariza beradi. 2015-yilda aktyor yana uylanmoqchi ekani haqida xabar tarqaladi. Bu safar shaxsiy yordamchisi Emili Tomasga. Ammo 2017-yilda matbuot Tom Kruz va uning “Uddalab bo‘lmas topshiriq 6” filmidagi hamkasbi Vanessa Kirbi o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqida e’lon qiladi.

2023-yilda 61 yoshli Tom Kruz 36 yoshli rossiyalik ayol “Yagona Rossiya” partiyasining sobiq deputati Rinat Xayrovning qizi Elsina bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda gumon qilingan. OAV xabarlariga ko‘ra, juftlik Grosvenor xiyobonidagi ziyofatda tanishgan. 2024-yil fevral oyida Kruz Xayrova bilan munosabatlarini rasman e’lon qiladi.

Shunday qilib, juftlik birgalikda xayriya tashkilotini qo‘llab-quvvatlash uchun tantanali ziyofatda ishtirok etadi. Bu besh yulduzli Raffle mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Ammo tez orada, Sun gazetasiga ko‘ra, Gollivud aktyori Xayrova bilan ajrashadi. Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, Tom va Elsina o‘rtasidagi munosabatlar “shunchaki tugagan”.


Madaniyat


														
														Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining o…
11:38 / 03.09.2026

														
														Andijon turkiy dunyo madaniyati markaziga aylandi

Andijon turkiy dunyo madaniyati markaziga aylandi

Turkiy xalqlarning asrlar davomida saqlanib kelayotgan do‘stligi va hamjihatligi mushtarak tarix, til, madaniyat hamda qadri…
08:14 / 26.06.2026

														
														Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026

														
														Yana bir taom YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Yana bir taom YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Sumalak tayyorlash YUNESKO nomoddiy madaniy merosning reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
16:51 / 12.12.2025

														
														“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

Bu holat esa jamiyatda ilgari muqaddas sanalgan qarindoshlik, ota-bola yoki aka-uka o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir ko…
09:26 / 16.10.2025

														
														O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

Statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlarni ochiqladi
20:03 / 08.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Mutasaddilarga loyihalarni sifatli bajarish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
20:48 / 28.07.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
09:56 / 21.08.2024

														
														O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘…
11:52 / 23.07.2024

														
														Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

2023-yilda 61 yoshli Tom Kruz 36 yoshli rossiyalik ayol “Yagona Rossiya” partiyasining sobiq deputati Rinat Xayrovning qizi …
11:24 / 07.07.2024

Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!