$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

11:52 / 23.07.2024

“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-102-son) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi rezident bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi.

Bunda:
— belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi;
— kredit mablag‘lari turoperatorlarga 2-yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10-yil muddatga ajratiladi;
— Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3-yillik imtiyozli davr bilan 12-yil muddatga ajratiladi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-avgustgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.

Turizm qo‘mitasi tomonidan ro‘yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etadi.

Bunda, 2025-yil 1-yanvardan:
— xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalari uchun hokimliklarning mahalliy byudjetidan 1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratiladi;
— faoliyat boshlaganiga 3-yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
— hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Shuningdek, farmonga muvofiq, O‘zbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi yaratiladi.

Turizm qo‘mitasi:
— 2024-yil 1-oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o‘tkazadi;
— 2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qiladi;
— 2024–2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qiladi.

2025-yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan 3 kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O‘zbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.


Madaniyat


														
														Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining o…
11:38 / 03.09.2026

														
														Andijon turkiy dunyo madaniyati markaziga aylandi

Andijon turkiy dunyo madaniyati markaziga aylandi

Turkiy xalqlarning asrlar davomida saqlanib kelayotgan do‘stligi va hamjihatligi mushtarak tarix, til, madaniyat hamda qadri…
08:14 / 26.06.2026

														
														Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026

														
														Yana bir taom YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Yana bir taom YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Sumalak tayyorlash YUNESKO nomoddiy madaniy merosning reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
16:51 / 12.12.2025

														
														“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

Bu holat esa jamiyatda ilgari muqaddas sanalgan qarindoshlik, ota-bola yoki aka-uka o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir ko…
09:26 / 16.10.2025

														
														O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

Statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlarni ochiqladi
20:03 / 08.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Mutasaddilarga loyihalarni sifatli bajarish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
20:48 / 28.07.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
09:56 / 21.08.2024

														
														O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘…
11:52 / 23.07.2024

														
														Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

2023-yilda 61 yoshli Tom Kruz 36 yoshli rossiyalik ayol “Yagona Rossiya” partiyasining sobiq deputati Rinat Xayrovning qizi …
11:24 / 07.07.2024

Bu ham qiziq

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!