"Top Gan: Meverik" filmi Amerika kinoteatrlari tarixdagi eng muvaffaqiyatli kinoloyiha – Jeyms Kemeronning "Titanik" filmini ortda qoldira oldi. U “Paramount” studiyasining kino bozoridagi eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylandi.
“Bu film juda ajoyib bo’ldi. Rejissyorlar, aktyorlar va butun jamoamiz bilan ushbu yutuqni nishonlayotganimizdan g'ururlanamiz. Jamoaning mehnatisiz bunday natijaga erishib bo’lmas edi”, – deydi “Paramount Pictures” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Brayan Robbins.
"Top Gan: Meverik" aktyor Tom Kruzning karyerasidagi eng muvaffaqiyatli film deb tan olindi. Kino ijodkorlari uning keyingi qismini suratga olish haqidagi muhokamalarni allaqachon boshlab yuborishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!