$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Toshkent bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi haqida ma’lumot berildi

17:47 / 22.12.2021

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan joriy yilning 1–20 dekabr kunlari Qo‘yliq va Chorsu dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi. Vazirlik asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot berdi. 

Arzonlashgan mahsulotlar 

Ushbu davr mobaynida bozorda kartoshka 125 so‘mga, sariq sabzi 1350 so‘mga, qizil sabzi 1100 so‘mga, import olma 1500 so‘mga, uzum (rizamat) 10 ming so‘mga, apelsin 11 ming so‘mga, limon 2500 so‘mga va loviya 500 so‘mga arzonlagan. 

Qimmatlagan mahsulotlar 

Bozorlarda baqlajon 14 ming 750 so‘mga, sarimsoq piyoz 11 ming so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 8500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 7750 so‘mga, nok (mahalliy) 6500 so‘mga, nok (import) 4000 so‘mga, bodring 3875 so‘mga, pomidor 750 so‘mga, no‘xat 1500 va guruch (alanga) 250 so‘mga oshgan. 

Bozorlarga eng ko‘p keltirilgan mahsulotlar 

Tezkor ma’lumotlarga asosan, Qo‘yliq bozoriga 1–20 dekabr kunlari hududlardan jami 13,3 ming tonna, xususan, 7,4 ming tonna kartoshka, 4,0 ming tonna piyoz, 674 tonna karam va 1,2 ming tonna sabzi keltirilgan. 
Shundan, Toshkent viloyatidan 489 tonna kartoshka, 850 tonna piyoz, 674 tonna karam, 493 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 250 tonna kartoshka, 1615 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 1570 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 233 tonna, Surxondaryo viloyatidan 297 tonna va Sirdaryo viloyatidan 169 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan. 

Shuningdek, Qo‘yliq bozoriga Qozog‘istondan 2286 tonna, Qirg‘izistondan 392 tonna, Afg‘onistondan 2109 tonna va Erondan 1873 tonna kartoshka keltirilgan. 
Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–20 dekabr kunlari jami 254,3 tonna, shu jumladan, 216,1 tonna mol go‘shti va 38,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.


Bu ham qiziq

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025
Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025
30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!