“O‘zgidromet” kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida ayni vaqtda havoning mayda chang zarralari bilan ifloslanish darajasi quyidagicha:
1. Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida – 56 mkg/m3;
2. Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida – 59 mkg/m3.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ushbu hududlardagi chang miqdori AQI – RM ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “nosog‘lom” ifloslanish darajasini ko‘rsatmoqda.
Maʼlumot o‘rnida, atmosferadagi mayda chang zarralari:
0 dan 12 gacha – yaxshi;
12 dan 35 gacha – o‘rtacha;
35 dan 55 gacha – taʼsirchan va allergiyasi bor insonlar uchun nosog‘lom;
55 dan 100 gacha bo‘lsa, barcha uchun o‘ta ifloslangan darajani bildiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!