Samarqand shahrida o‘tkazilgan media haftalik muhim natijalar bilan yakunlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda 700 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan. 5 kun davomida 50 dan ziyod mavzuda 17 nafar mentor tomonidan debat va amaliy treninglar tashkil etildi.
Natijada media sohasiga 84 nafar mobilograf va 109 nafar SMM mutaxassisi kirib keldi. Shuningdek, 300 nafardan ortiq kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar qamrab olindi.
Media forumda esa 500 dan ortiq ishtirokchi jamlandi.
Qayd etilishicha, Samarqanddagi media forum amaliy yondashuv, tizimlilik va ochiq muloqot muhiti bilan ajralib turdi. Ushbu jarayonda olingan bilim va ko‘nikmalar kelgusida media mahsulotlar sifatida o‘z aksini topishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!