Boysun tumani hududida kuchli sel kelishi oqibatida yana neft aralash suyuqlik sizib chiqish holati qayd etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa bugun ertalab soat 06:30 atrofida yuz bergan. Kuchli sel oqimi hududdagi handaqni buzib ketgan va natijada neft aralash suyuqlik tashqariga oqib chiqqan.
Ayni paytda Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari, shuningdek boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh voqea joyiga yetib borib, holatni joyida o‘rganmoqda.
Sizib chiqqan suyuqlikning miqdori, atrof-muhitga ta’siri hamda hodisa sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda. Zarur choralar ko‘rilayotgani va vaziyat nazoratga olingani bildirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!