Toshkent viloyatining Qibray va Navoi viloyatining Qiziltepa tumanlarida tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qibraytumangaz” bo‘limi mas’ul shaxslari o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, aholiga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish va gaz iste’molini doimiy monitoringni o‘tkazish choralarini ko‘rmaganliklari oqibatida, “Madaniyat” MFYda yashovchi fuqaro Yu.X. o‘z xonadonidagi Issiqxonani tabiiy gaz quvuriga o‘g‘rilik yo‘li bilan yashirincha ulab, 592,1 ming kub tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilib davlat va jamiyat manfaatlariga 561,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Gʻoyibon” MFYda yashovchi Z.S. tabiiy gaz tarmog‘iga yer ostidan rezina quvur orqali yashirin ulanib olib, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan metall eritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 244,1 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!