$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

Toshkent xalqaro kinofestivalida katta mojaro

17:38 / 16.09.2022

Taniqli jurnalist Shoxira Hamro kecha bo‘lib o‘tgan Toshkent kinofestivalining turk ijodkorlariga bag‘ishlangan qismda chet ellik kinoijodkorlar bilan ro‘y bergan ziddiyatli hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

Ooo, hozirgina hayotiy saboqning eng kattasi ro‘y berdi. Yana qayerda deng? Turk kinosi kunlari o‘tayotgan Forumlar saroyi sahnasida! Yuzlab o‘zbek muxlislari ko‘z o‘ngida! Bizning “yulduzlar”ning ham ba’zilari zalda edi, zora ular uchun ham saboq bo‘lsa. Hozir bir boshidan gapirib beraman.Xullas, birinchi suratda ko‘rib turganingizdek, Turkiyadan tashrif buyurgan 9 ta aktyor sahnaga chiqib, hurmat saqlab tomoshabin bilan yuzma-yuz bo‘lishdi. Lekin o‘zbek “burakshunoslari” va Yashilchoy muxlislari tadbirni yarmini ularni kutib, ko‘chada o‘tkazishganiga qaramasdan va sahnada boshlovchilar ikki qayta tantana bilan e’lon qilishsada, bu ikkisi chiqmadi. Va nihoyat Nurgul Yashilchoy sahnani bir burchagidan chiqib, o‘sha yerda qotdi. Hamyurt hamkasblariga bir qur nazar tashladiyu, ikki qo‘lini ikki cho‘ntagiga solib, g‘oz turib oldi. Uzatilgan mikrofonni ham qo‘liga olishni ep ko‘rmay, boshlovchining qo‘lidagi mikrofonga egilib, salom, yaxshimisizlar”-dediyu, boshqa aktyorlar yoniga borib o‘tirmasdan, sahna ortiga o‘tib ketdi. Oybek Veysal o‘g‘li to‘qqizta aktyor bilan birma-bir samimiy suhbat qildilar, lekin Yashilchoy qaytmadi. Burakku umuman ko‘rinmadi. Ko‘nglimning bir chekkasidan “u shunchalik mashhurmikan, to‘qqizta hamkasbini mensimadiya”-degan fikr yilt etib o‘tdi. Bunday o‘ylagan bir men emas ekanligim keyinroq ma’lum bo‘ldi. Sahnadagilarni sovg‘a-salomlar bilan o‘rinlariga kuzatib qo‘yishgachgina Nurgul sahnaga chiqib keldi va uning boshiga boshlovchining boshidagi tojini kiydirib, endi shou boshlanayotgan edi, 58 yildan beri kino san’atiga halol xizmat qilib, sochi oqargan , o‘zining ta’biricha “podshodan qulgacha”barcha rollarni o‘ynagan Sardor Gyokxan sahnaga otilib chiqdiyu, mikrofonni olib “tomoshamizni buzdi deb mendan xafa bo‘lmanglar. Ming afsus, mana bu oyog‘i yerdan uzilgan ikki hamkasbimiz sahnada biz bilan birga o‘tirishdan or qildi, aslida ular bizning safimizda bo‘lishga noloyiq. Siz odamning qiyofasiga qarab baho bermang, uning kimligini hatti-harakatlari bildirib turadi. Biz ortiq bu ikkisining axmoqona tomoshasini ko‘rib, haqoratni jimgina yutib keta olmaymiz. Biz bu yerni hoziroq tark etamiz”-dediyu, to‘qqiz turk ijodkor zalni tark etdi. Ularning ortidan elchixona vakillari ham chiqib ketishdi va shu bilan bugungi tadbirning fayzini ham olib ketishdi. Yashilchoy ham ortiq zalda qola olmadi”.

Keyinchalik Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari ushbu voqea uchun o‘zbek tashkilotchilaridan va tomoshabinlardan uzr so‘ragan.


Shou-biznes


														
														Leonardo Di Kaprio Rolex brendining elchisi bo‘ldi

Leonardo Di Kaprio Rolex brendining elchisi bo‘ldi

Brend elchilari orasida Jeyms Kemeron va Martin Skorseze, shuningdek, sportchilar va madaniyat arboblari bor.
22:12 / 26.02.2025

														
														Hind aktyorlari Salmon Xon va Shohrux Xonga o‘lim bilan tahdid qilishdi

Hind aktyorlari Salmon Xon va Shohrux Xonga o‘lim bilan tahdid qilishdi

Hindiston OAVlarining xabar berishicha, Lourens Bishnoy jinoiy to‘dasi a’zosi tomonidan payshanba kuni Salmon Xonga yana bir…
11:18 / 11.11.2024

														
														Jared Leto musiqiy guruhi Toshkentda konsert beradi

Jared Leto musiqiy guruhi Toshkentda konsert beradi

Tadbir shu yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
15:26 / 06.06.2024

														
														Jennifer Lopes va turmush o‘rtog‘i Ben Afflek uylarini sotuvga qo‘ydi

Jennifer Lopes va turmush o‘rtog‘i Ben Afflek uylarini sotuvga qo‘ydi

Ayrim manbalar qasr allaqachon sotilganini yozmoqda.
12:14 / 06.06.2024

														
														Parizoda yakkaxon konsert bermoqchi ekanligiga shama qildi

Parizoda yakkaxon konsert bermoqchi ekanligiga shama qildi

Bu haqda raqqosa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
10:55 / 06.06.2024

														
														20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

Setora guruhi 1998-yili dastlab Setanho nomi ostida sinfdoshlar tomonidan tashkil etilgan. Guruhning “Sen borsan”, “Ohim”, “…
13:00 / 09.04.2024

														
														Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Juftlikning birga tushgan surati “Daily Mail” nashrida chop etildi.
13:04 / 12.03.2024

														
														Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti yoshlar nechta tilni bilishi kerakligi haqida ham gapirdi.
11:29 / 07.02.2024

														
														Billi Aylish “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Billi Aylish “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Tadbir NBS News tomonidan onlayn translyatsiya qilindi.
10:26 / 05.02.2024

														
														Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qilganini maʼlum qildi

Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qilganini maʼlum qildi

Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
09:14 / 05.02.2024

Bu ham qiziq

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok…
11:19 / 02.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
Putin va Tramp yana telefonlashdi

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
09:48 / 04.07.2025
Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Olgan jarohati natijasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan A. Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
14:45 / 02.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

4-5-iyulda respublika hududi bo‘yicha havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 …
11:41 / 04.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!