Toshkent shahri Uchtepa tumanida ish jarayonida tuproq ko‘chishi oqibatida uning ostida qolib ketgan uch kishidan ikki nafari halok bo‘lgan. Bu haqda tuman hokimi o‘rinbosari Aziz Naimov ma’lum qildi.
Beshqayrag‘och ko‘chasida kotlovan qazish ishlari olib borilayotganida «Shafoat» MChJ xodimlarini tuproq bosib qolgan. Oqibatda, 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko‘z yumgan, 1 nafar xodim shifoxonada, 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli baholanmoqda. Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan 11-oktyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!