$
12974.98 UZS
11.71
133.06 UZS
0.32
13540.69 UZS
-56.48
Kechasi -1°

2025-yili “yashil” energiya ulushini 26 foizga chiqarish rejalashtirilgan

21:21 / 27.01.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugun dunyoda iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlari yaqqol sezilmoqda. Buni oldindan ko‘ra bilib, mamlakatimizda ekologik toza iqtisodiyotga o‘tilmoqda.

Oxirgi uch yilda joylarda 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi, 35 ta kichik GES qurildi. Sanoatda “yashil energiya” sertifikati tizimi joriy qilindi. Quyosh panellari o‘rnatgan xonadonlar 60 mingdan oshdi. “Yashil makon” dasturi doirasida daraxtlar ekilib, bog‘lar yaratilayapti. Suvdan tejab-tergab foydalanilayapti.

2025-yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilindi. Bu borada davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilib, bir oy davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. U bilan 11 million fuqaro tanishib, 100 dan ziyod takliflar tanlab olindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tarmoqlari va boshqa vakolatxonalar hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Davlat dasturidagi eng katta yo‘nalishlardan biri energetikadir.

So‘nggi yillardagi jadallik tufayli mamlakatimizning jami quvvatlarida “yashil” energiya ulushi 16 foizga yetdi. Bu yil uni 26 foizga chiqarish rejalashtirilgan. Buning uchun yana 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol stansiyasi, 160 megavattli 5 ta yirik GES va 1,8 gigavattli energiya saqlash quvvatlari ishga tushiriladi.

Davlatimiz rahbari bunga qo‘shimcha yana 1 gigavatt quvvatli loyihalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, davlat korxonalari, sanoat va xizmat ko‘rsatish majmualari hamda xonadonlarda quyosh panellari o‘rnatishni rag‘batlantirish davom ettiriladi. Bunga 2 trillion so‘m kredit ajratiladi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 19-maktab tajribasi asosida bog‘cha, maktab va shifoxonalarda issiqlik nasosini joriy qilish ommalashtiriladi.

“Yashil iqtisodiyot” bu nafaqat toza energetikani rivojlantirish, balki tarmoqlarda energiya samaradorligini oshirish hamdir.

Bu yil kamida 6 foiz iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlab qolib, yalpi ichki mahsulotni 125 milliard dollardan oshirish maqsad qilingan. Bunga erishishda omilkorlik va tejamkorlik juda muhim.

Shu bois Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziriga energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni 15-20 foizgacha qisqartirish va qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Davlatimiz rahbari resurs tejamkor iqtisodiyot modeliga o‘tish vaqti kelganini ta’kidladi.

Misol uchun, elektrotexnika, avtomobilsozlik, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida 1 tonna energiya sarfiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat kimyo, qurilish materiallari, to‘qimachilik tarmog‘idagidan 15-20 barobar yuqori.

Yuqoridagi sohalarda ham resurslarni tejash, kam energiya sarflab, ko‘p qo‘shilgan qiymat olayotgan tarmoqlarni rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. Energiya iste’moli yuqori bo‘lgan 400 ta yirik sanoat korxonasi energiya auditdan o‘tkazilib, tejamkor texnologiyalar joriy qilinishi belgilandi.

Yaqin kelajakda rivojlangan davlatlar faqat “yashil texnologiya” asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni oladi. Shu bois hozirdan bunga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yil ishlab chiqarish va infratuzilma loyihalarining 15 foizi, 2027-yildan 30 foizi, 2030-yildan 55 foizi “yashil” bo‘ladi. Kam uglerodli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa tashkilotlardan 300 million dollar resurs jalb qilinadi.

Energetika majmualarini barpo etishda 4 milliard dollarlik uskuna va butlovchi qismlar mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladi. Bu orqali yirik loyihalarda “yashil komponent” ulushi 25 foizdan 31 foizga yetadi.

“Yashil makon” dasturi doirasida har yili 200 million tup daraxt ekilmoqda. O‘tgan 3-yilda 698 ta bog‘ va 316 ta jamoat parki tashkil etildi. Orol dengizining qurigan tubida qariyb 2 million gektarli butazor barpo etildi.

Buni davom ettirgan holda, bu yil ko‘chatchilikka ixtisoslashgan 18 ta o‘rmon xo‘jaligi tashkil qilinadi. Ularda “ilm-loyiha-amaliyot” tamoyili asosida genetik seleksiya ishlari kuchaytirilib, urug‘chilik laboratoriyalari, intensiv tajriba uchastkalari va “onalik” plantatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu xo‘jaliklarda joriy yilda 123 million tup ko‘chat tayyorlanadi. “Yashil olam” platformasi ishga tushirilib, ularni onlayn sotib olish yo‘lga qo‘yiladi.

Hududida daraxt eggan, ishlab chiqarishda ekologik toza uskuna va materiallardan foydalanganlarga “yashil tadbirkor” maqomi beriladi. Bu tadbirkorlar reytingida ham inobatga olinadi. Ularga tashqi bozorlarga chiqishi uchun “yashil sertifikat” olish, bozor topishda har tomonlama yordam beriladi.

Yig‘ilishda mutasaddilar davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan vazifalar va ularni amalga oshirish rejalari yuzasidan axborot berdi.


O‘zbekiston


														
														29-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

29-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja  iliq bo‘ladi.
22:37 / 28.01.2025

														
														Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi xabar berdi.
22:21 / 28.01.2025

														
														Anqara shahrida Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston davlatlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Anqara shahrida Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston davlatlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Uch tomonlama uchrashuv kun tartibi o‘zaro munosabatlarning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi.
20:45 / 28.01.2025

														
														Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshdi

Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yich…
18:41 / 28.01.2025

														
														Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi t…
17:27 / 28.01.2025

														
														O‘zbekistonda Binance kripto-birjasi rasmiy faoliyat boshlaydi

O‘zbekistonda Binance kripto-birjasi rasmiy faoliyat boshlaydi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi eng yirik kripto-birjalaridan biri – Binance tomonidan O‘zbekiston Respublikasi foydal…
15:52 / 28.01.2025

														
														1-iyundan chegara punktlarida avtomobillarga elektron navbat joriy etiladi

1-iyundan chegara punktlarida avtomobillarga elektron navbat joriy etiladi

“O‘zbekiston transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilin…
13:07 / 28.01.2025

														
														Kishan kiyma, bo‘yin egma…

Kishan kiyma, bo‘yin egma…

Tarixan o‘z ona yurti va xalqi erki yo‘lida jon fido qilgan qo‘mondon-u sarkardalarning qahramonliklariga ko‘plab misollarni…
12:51 / 28.01.2025

														
														Tramp transgenderlarga AQSh armiyasida xizmat qilishni taqiqladi

Tramp transgenderlarga AQSh armiyasida xizmat qilishni taqiqladi

Tramp allaqachon AQSh armiyasi bundan buyon faqat ikkita jinsni tan olishini aytgan edi: erkak va ayol.
10:36 / 28.01.2025

														
														1-fevraldan “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish boshlanadi

1-fevraldan “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish boshlanadi

Ovoz berish jarayonlari 20-martga qadar davom etadi.
10:16 / 28.01.2025

Bu ham qiziq

Yana bir firibgar Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Yana bir firibgar Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati xabar berdi.
11:41 / 27.01.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi t…
17:27 / 28.01.2025
O‘zbekiston va TDTga a’zo davlatlar ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi

O‘zbekiston va TDTga a’zo davlatlar ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi

Ishga tushirish 2026-yilning o‘rtalariga mo‘ljallangan.
09:53 / 28.01.2025
Toshkentda o‘rtacha oylik 9 million so‘mni tashkil qilmoqda

Toshkentda o‘rtacha oylik 9 million so‘mni tashkil qilmoqda

Statistika agentligi tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda respublikada o‘rtacha oylik miqdori 5,3 mln so‘…
17:29 / 27.01.2025
Zelenskiy va Makron uchrashdi

Zelenskiy va Makron uchrashdi

Bu haqda Ukraina matbuoti xabar bermoqda.
10:38 / 28.01.2025
Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi

Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi

Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni tegishli qarorni …
15:56 / 27.01.2025
AQShda bir kunda mingdan ortiq muhojir hibsga olindi

AQShda bir kunda mingdan ortiq muhojir hibsga olindi

“AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) yakshanba kuni AQSh ma’muriyatining noqonuniy migratsiyaga qarshi choralari …
15:21 / 28.01.2025
Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasi muvaffaqiyati fond bozorlarining qulashiga olib keldi

Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasi muvaffaqiyati fond bozorlarining qulashiga olib keldi

DeepSeek-R1 bepul sun’iy intellekt chat-botining ishga tushirilishidan ikki kun o‘tib, Yaponiya texnologik kompaniyalari aks…
14:24 / 28.01.2025
Shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev tanqidlarga uchradi

Shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev tanqidlarga uchradi

Nodirbek Yoqubboyev ushbu bahsda hindistonlik raqibiga mag‘lub bo‘ldi.
14:59 / 27.01.2025
1-iyundan chegara punktlarida avtomobillarga elektron navbat joriy etiladi

1-iyundan chegara punktlarida avtomobillarga elektron navbat joriy etiladi

“O‘zbekiston transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilin…
13:07 / 28.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!