Statistika agentligi tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda respublikada o‘rtacha oylik miqdori 5,3 mln so‘mni tashkil qilgan.
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida 9 072,4 ming, Navoiy viloyatida 6 766,1 ming, Toshkent viloyatida 5 097,9 ming, Andijon viloyatida 4 616,1 ming hamda Buxoro viloyatida 4 343,9 ming so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, 2024-yilda maosh eng ko‘p bo‘lgan viloyatlar orasida Navoiy va Toshkent viloyatlari ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni egallagan. 2024-yilda bank-moliya sohasi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 15,3 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 14,3 foizga o‘sgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!