Bugun 30-iyul kuni soat 09:58 da Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan, sintepon ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 10:02 da yetib borib, yong‘in soat 10:10 da qurshab olingan va soat 10:13 da o‘chirilgan. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
“Aytilgan manzilda jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!