$
11797.46 UZS
22.54
139.77 UZS
0.6
13608.37 UZS
20.11
31° Kechasi 18°

Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirishga 2,2 trln so‘m yo‘naltiriladi

13:21 / 02.03.2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aholi punktlarining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish maqsadida 2,2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda prezidentning 21-fevraldagi qarorida belgilandi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, bu pullar xalqaro moliya institutlari, davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar va homiylik mablag‘lari hisobidan jalb etiladi.

Shundan:

1,8 trln so‘m — xalqaro moliya institutlari;

299,1 mlrd so‘m — respublika byudjeti;

21,4 mlrd so‘m — mahalliy byudjet va uning qo‘shimcha manbalari;

22,9 mlrd so‘m — suv ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari va homiylik xayriyalari bo‘lib, mablag‘lar 2026—2030-yillar davomida ajratiladi. 

Bu mablag‘lar hisobiga 1 719 kilometr tarmoq tortish, 56 dona quduq qazish va chuchuklashtiruvchi uskuna o‘rnatish, 36 dona suv inshootlarini qurish rejalashtirilgan. Buning natijasida Qoraqalpog‘istonda 2030-yilda markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti 83,5 foizga yetkazilishi maqsad qilingan.

Bundan tashqari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish dasturini 2027-yildan boshlab moliyalash tizimi bo‘yicha jalb etiladigan 200 million dollar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar tasdiqlangan.

Jumladan, bu pullar hisobidan Amudaryo tumanida 6 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga 107,1 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini yangidan quriladi, 1 ta nasos stansiyani hamda tuman markazidagi mavjud lokal suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilinadi. Taxiatosh tumanining 2 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga 89,9 kilometr ichimlik suv tarmog‘i hamda 3 ta suv taqsimlash inshootini qurish, rekonstruksiya qilishga mablag‘ ajratiladi.

Ellikqal’a tumani markazi Bo‘ston shahrida 35,7 kilometr markazlashgan kanalizatsiya tizimi hamda 5 ta oqova suv tozalash inshooti quriladi. Beruniy tumani markazida 35,7 kilometr markazlashgan kanalizatsiya tizimini hamda 4 ta oqova suv tozalash inshootlari yangidan quriladi.

Qoraqalpog‘istonda markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 2,2 trillion so‘m yo‘naltirilishi 20-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingandi. Prezident yana bir qator vazifalarni belgilab, unga erishish uchun barcha imkoniyat va resurslarni to‘liq ishga solishni topshirgandi. 

 


O‘zbekiston


														
														“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joyla…
13:10 / 17.09.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan mul…
09:06 / 17.09.2026

														
														Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026

														
														17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026

														
														O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish va’dasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Davlat…
10:41 / 16.09.2026

														
														“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026

														
														Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzax viloyati Forish tumanida Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yuborishiga sal qoldi. Ho…
10:00 / 16.09.2026

														
														“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026

														
														“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida  xotin-qiz jurnal…
09:22 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026
Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya uning prezidentlik samolyoti Moldova havo hududida bo‘lgan vaqtda ikki marta d…
10:47 / 16.09.2026
“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joyla…
13:10 / 17.09.2026
Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzax viloyati Forish tumanida Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yuborishiga sal qoldi. Ho…
10:00 / 16.09.2026
“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
14:33 / 15.09.2026
O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida oltita jamoa bilan ishtirok etmoqda. 1-turda erkaklarning uchta jamoasi Yama…
08:25 / 17.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan mul…
09:06 / 17.09.2026
Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumanida yo‘lovchi avtobusiga dron orqali zarba berildi. Viloyat harbiy ma’muriy…
14:19 / 16.09.2026
Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!