Amerikalik odimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda kechasi chiroq yoki tunchiroq yoqib uxlash yurak-qontomir tizimi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, diabet va semirishga sabab boʻlishi isbotlandi.
Olimlarning aniqlashlaricha, yorugʻlik yurak faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi, uning urishini tezlashtiradi. Bu yurakning bor imkoniyatni ishga solgan holatda ishlashga majbur qiladi va kundalik vaziyatlarga tayyor holatga keltiradi. Tadqiqot jarayonida tunchiroqlar nuri ham organizmga aynan mana shunday taʼsir koʻrsatishi aniqlangan.
Yorugʻ xonada uxlagan tadqiqot ishtirokchilari organizmida insulinga nisbatan qarshilik aniqlangan. Bu jigarning mushak, yogʻ va hujayralarida insulinga taʼsir koʻrsatish darajasi yomonlashganini anglatadi. Natijada hujayralar qondagi glyukoza hisobidan quvvat zaxirasini toʻldira olmaydi. Uning oʻrnini toʻldirish uchun esa oshqozon osti bezi yanada koʻproq insulin ishlab chiqaradi. Bu qondagi qand miqdorining oshib ketishiga olib keladi.
Olimlar shuningdek, tunda chiroqni yoqib uxlaydigan odamlarda semirishga moyillik kuchayib ketishini ham aniqlaganlar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!