Turkiya harbiy idorasi terrorchilik tahdidi butunlay yo‘q qilinmaguncha operatsiyalar davom etishini ta’kidladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Shuningdek, Turkiya milliy mudofaa vazirligi Iroq va Suriyaning shimolida muvaffaqiyatli havo operatsiyasi o‘tkazilgani haqida xabar berdi. Operatsiya davomida terrorchilik tashkilotlariga tegishli 32 ta obyekt yo‘q qilingan va ko‘plab terrorchilar zararsizlantirilgan.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanganidek, operatsiya 23-oktyabr kuni BMT Nizomining 51-moddasida mustahkamlangan o‘zini himoya qilish huquqi doirasida amalga oshirilgan. Operatsiyadan maqsad terrorchilik tahdidlarini bartaraf etish va Turkiya chegaralari xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan.
Turkiya harbiy idorasi terrorchilik tahdidi butunlay yo‘q qilinmaguncha operatsiyalar davom etishini ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!