Muzokaralar davomida Turkiya diplomatiyasi rahbari G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish va Isroil armiyasining Livanga hujumlariga chek qo‘yish zarurligini ta’kidlagan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Muzokaralar davomida Turkiya diplomatiyasi rahbari G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish va Isroil armiyasining Livanga hujumlariga chek qo‘yish zarurligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Xakan Fidan gumanitar inqiroz, ayniqsa G‘azo shimolida, halokatli darajaga yetganini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan Turkiya vaziri G‘azoga gumanitar yordamni uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash muhimligini aytgan.
Livandagi so‘nggi voqealarga kelsak, Turkiya vaziri mojaroning butun mintaqaga tarqalishini oldini olish uchun barcha tomonlar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari kerakligini eslatgan.
Bundan tashqari, tomonlar Ukrainadagi hozirgi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tgan.
Suhbat davomida AQSh davlat kotibi Anqaradagi terrorchilik hujumida halok bo‘lganlar uchun hamdardlik bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!