So‘nggi vaqtlarda Turkiya hududida ayrim toifadagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga yirik pul mablag‘lari evaziga AQShga doimiy yashashga yuborish, shuningdek, Yevropa mamlakatlarining vizalarini rasmiylashtirib berishni va’da qilish orqali firibgarlik jinoyatlarining sodir etilishi holatlari ko‘paygan. Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu toifadagi shaxslarga ishongan fuqarolar jiddiy muammolarga duch kelib, ularning ko‘rsatmasi bilan turli xorijiy davlatlarga, asosan Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lishgan.
Shuningdek, kuni-kecha AQShga ketish ilinjida firibgarlar tuzog‘iga tushib, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan yana bir ayol Bosh konsulxona yordamida O‘zbekistonga yuborilgani aytilmoqda.
Noqonuniy migratsiyaning jiddiy oqibatlari:
– Pul mablag‘laringizni firibgarlar o‘zlashtirib yuborishi;
– Hujjatlaringizning noqonuniy yo‘l bilan olib qo‘yilishi;
– Chet elda hujjatsiz qolib, huquqiy muammolarga duch kelish;
– Jinoiy javobgarlikka tortilish;
– Deportatsiya yoki uzoq muddatli taqiqlarga uchrash.
Bundan tashqari, “AQShga yoki Yevropa mamlakatlariga qonuniy yo‘l bilan chiqish uchun faqat rasmiy vakolatli idoralarga murojaat qiling”, – deya konsullik muhim eslatma bermoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!