$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Ukraina elchixonasi Rossiya telekanallarini bloklashni so‘rab O‘zbekiston TIVga nota yo‘lladi

10:44 / 12.03.2022

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi joriy yil 1-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya telekanallari efirini taqiqlashni so‘rab nota yuborgan. Bu haqda “Ozodlik” radiosining Ukraina Elchisi Mikola Doroshenko bilan qilgan intervyusida maʼlum qilindi.

Jurnalistning O‘zbekiston TIVga jo‘natilgan nota mazmuni haqidagi savoliga Mikola Doroshenko elchixona rostan ham nota yo‘llaganini aytib, bu qanday holatlar bilan bog‘liq ekaniga to‘xtalgan.

“Bugun Ukraina Yevropa ikkinchi Jahon urushi davridan beri ko‘rmagan agressiyaga duch kelganini ko‘rib turibsiz va Yevropa bu agressiyaning darajasini anglamoqda.

Ukraina Rossiya harbiy mashinasining arsenali zarbalariga o‘zini tutib, nafaqat o‘zining, balki butun qitʼaning xavfsizligini himoya qilmoqda. Biz nega nota yubordik? Biz Putin (RF prezidenti, -tahr.) va uning jinoiy buyruqlarining barcha ijrochilarini Nyurnberg tribunali kutishi haqida gapiryapmiz. Biz bu maʼlumotlarni nafaqat Ukraina yoki Yevropa mamlakatlarida, balki O‘zbekistonda ham bilishlarini xohlaymiz. Biroq, taassufki, Rossiya telekanallari umuman boshqa urushni yoki ehtimol, bu urushning aslida yo‘qligini namoyish etmoqda. Shuning uchun ham biz notani tayyorlashga majbur bo‘ldik, men uni imzoladim, biz 1-martdayoq uni yuborgandik”, – deydi Mikola Doroshenko.

Elchi, shuningdek, notaning qisqacha mazmuni haqida maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, notada Rossiya OAVsi tomonidan olib borilayotgan axborot kampaniyasi xarbiy kampaniyaning bir qismi ekani, shuningdek, u dunyo jamoatchiligini yolg‘on maʼlumotlar bilan aldashga qaratilgani aytiladi. Elchining taʼkidlashicha, shu sabab ham bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda Rossiyaning propaganda telekanallari translyatsiyasi taqiqlab qo‘yilgan.

Shuningdek, Rossiya OAVlari “Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushini targ‘ib qilish, allaqachon minglab begunoh fuqarolar jabrlangan va fuqarolik infratuzilmasiga ulkan miqyosda zarar yetkazgan keng ko‘lamli Rossiya qurolli tajovuziga qarshi kurashayotgan ukrain xalqiga nisbatan milliy nafratni qo‘zg‘ashga qaratilgan maqsadli faoliyatni amalga oshirmoqda”.

 “Yuqoridagilardan kelib chiqib, Ukraina tomoni O‘zbekiston hukumati va vakolatli idoralardan Rossiya telekanallari translyatsiyasini va ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarini taqiqlash haqida qaror qabul qilishni so‘radi”, – deydi Mikola Doroshenko. 

Elchi Mikola Doroshenko “Ozodlik” radiosiga bergan intervyusida, shuningdek, Ukrainaga 28 tonnalik gumanitar yordamni yuborgani uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.


Bu ham qiziq

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026
Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026
Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

AQSh Mudofaa vazirligi 30 yosh va undan katta harbiy xizmatchilarda testosteron yetishmovchiligini majburiy tekshirishni naz…
09:27 / 04.09.2026
Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq ekspertlar bu raqamlar ortida…
15:18 / 06.09.2026
Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026
Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026
Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev britaniyal…
09:33 / 06.09.2026
Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylarining Livan shimoliga uyushtirgan havo hujumlarida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati…
15:10 / 06.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!