$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 20°

“Urush – tinchlikdir. Erk – qullikdir. Bilimsizlik – kuchdir…” 1-qism (video)

15:45 / 04.04.2022

Jorj Oruellning “1984” asarini Sovet Ittifoqida oʻqish mutlaqo taqiqlangan edi. Faqatgina siyosiy amaldorlar bu kitobni oʻqishi mumkin boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu asar Sovet Ittifoqi Davlat xavfsizlik qoʻmitasi (KGB) generallarining maxfiy seyflarida saqlangan. Agar kimningdir uyidan “1984” kitobi topib olinsa, oʻsha inson darhol otib tashlangan.

Nega Sovet Ittifoqidek katta bir davlat birgina kitobdan bu darajada qoʻrqqan? Jorj Oruellning “1984” asarida qanday sirlar yashiringan?

Shu kabi savollar bilan taniqli jurnalist Karim Bahriyev va siyosatshunos Hamid Sodiqga yuzlandik.

— Karim aka, siz Jorj Oruellning “1984” asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgansiz. Ayting-chi senzura yoki baʼzi joylardan sizga qoʻngʻiroqlar boʻlmadimi?

Karim Bahriyev: — Hech qanday senzura ham, qoʻngʻiroq ham boʻlmagan. Muayyan asarlar qayerda-dur taqiqda boʻlsa, albatta davlat kuzatadi.  Oʻnlab tarjimonlar oʻnlab asarlarni tarjima qilish uchun olgan. Ular oʻzining uyida stolini ustiga kitobni qoʻyib tarjima qilgan. Yaʼni bu jarayon jamoatchilik nazoratidan chetda kechgan. Asar chop etilganidan keyin hirsiy sahnalari boʻyicha bitta-ikkita eʼtirozlar boʻldi. Meni oʻzim shu sahnalarni qandaydir sovuq nazar bilan tarjima qildim. Shuning uchun ham, u sahnalar eʼtiroz uygʻotgani yoʻq. Endi siyosiy masalaga kelsak, umrimizning bir qismi Sovet tuzumi davrida kechgan. Qolaversa, oʻsha vaqtda oʻqiganmiz, ishlaganmiz. Bu asarning bugungi zamonga toʻgʻri keladigan joylari koʻp. Lekin hech qanaqa tazyiqlar boʻlmagan.

— Hamid aka “1984” asarini birinchi boʻlib oʻqib chiqqaningizda kitob sizda qanday taassurot qoldirgan?

Hamid Sodiq: — Avvalo, bu asarning tarjima qilinishidan xursand boʻlganmiz. Chunki bu asar siyosatshunoslar, sotsiologlar va adabiyotshunoslarning diqqat markazida boʻlgan. Shu kungacha eng koʻp sotilgan "bestseller" asarlardan biri hisoblanadi. Birinchi bor oʻqib chiqqanimda huquqshunos sifatida bu kitobga boshqacha koʻz bilan qaraganman. Bu kitob totalitar rejim haqida. Shuning uchun asarning badiiy jihatiga emas, huquqiy va siyosiy jihatiga eʼtibor berganman. Jorj Oruellning “1984” kitobi maʼlum bir siyosiy voqealarga taʼrif berishda oʻlcham sifatida qabul qilinadi. Oʻzbekistondagi vatandoshlik jamiyati aʼzolarining siyosiy bilimlarini oshirishda va jahon siyosiy tendensiyalariga tushib olishda bu asarning oʻrni katta hisoblanadi.

— “1984” asarining tarjima qilinishi oʻzbek jamiyati uchun qanchalik foydali boʻldi?

Karim Bahriyev:  — “1984” asari oʻzbek tiliga tarjima qilinganidan keyin BBCʼda bir eshittirish berilgan. Shunda “ushbu asar yozilganidan keyin oʻzbek tiliga tarjima qilinganida, bugun millat boshqacha qiyofada boʻlar edi”, deyilgan. Men oʻsha vaqtda bu bir “mubolagʻa boʻlsa kerak” deb oʻylagan edim. Endi hozir qarasam Oruellning “Molxona” va “1984” romani 6-7 marta qayta nashr boʻlibdi. Oʻzbek kitobxonligida bunday hodisa boʻlmagan. Masalan Tohir Malikning “Shaytanat” asari 6-7 marta qayta nashr boʻldi. Lekin “Shaytanat” oxirgi 20–30 – yil davomida qayta bosib chiqarildi. “1984” esa bir yilda ikki marta qayta nashr boʻldi. Shundan kelib chiqib aytsam, bu asar bir oʻqilib qolib ketmadi.

 “1984” asarini oʻqigan oʻquvchi Angliyada boʻlayotgan voqealarni bevosita Oʻzbekiston bilan solishtiradi. Yaʼni bu fikrlashni qoʻzgʻatuvchi asar hisoblanadi. Bir kitob haqida bir nechta fikrlar boʻladi. Misol uchun yozuvchining yozgan fikri, oʻqigan oʻquvchining fikri va boshqa fikrlar. Shuning uchun bu kitobni oʻqiydigan oʻquvchida siyosiy bilimlar ham boʻlishi kerak. Ishqiy kitoblar oʻqib yurgan inson boʻlsa, oʻn bet oʻqib kitobni tashlab qoʻyishi mumkin.

Yevgeniy Zamyatinning “Biz”, Oldos Xaksliy “Ajib dunyo”, Oruellning “1984” asarlari “anti utopiya” roman hisoblanadi. Bu kitoblar millatning tafakkurini oʻstirishga xizmat qiladi.

Mana Amerikada sobiq siyosatchilarning klubi bor. Siyosat olamida ishlab, nafaqaga chiqqan amaldorlar va prezidentlar shu klubning aʼzosi hisoblanadi. Ular amaldagi prezidentga katta pul evaziga maslahat beradi. Chunki ularning miyasi bilim va tajribaga boy. AQShning har bir prezidenti ishdan ketganidan soʻng uchta ish qiladi. Birinchisi, universitetga ishga kirib dars beradi. Ikkinchisi, oʻzining prezidentlik davri haqida kitob yozadi. Uchinchisi, oʻzi tugʻilib oʻsgan yerda kutubxona qurdiradi.

Yaʼni Amerikada maktab oʻquvchisi siyosatga jalb etilgan boʻladi. Ishdan ketish yoki qamalish bizning amaldorlarga fojiaday tuyiladi. Nega bizning amaldorlar ishdan ketib jim oʻtiradi? Axir siyosat bu yozilgan narsalar emas. SSSR rahbarlari eng muhim qarorlarni saunalarda qabul qilgan.

Shunga oʻxshab bizning siyosatimizda ham parda orti sirlar bor. Agar u sirlarni hamma oʻzi bilan olib ketaversa, yoshlarimiz qanday siyosiy tarbiyalanadi? Bizning siyosiy kambagʻal ekanligimiz mana shunda koʻrinmoqda. Misol uchun Qozogʻistonda yoki Ukrainada bir voqea boʻlsa, “avval hukumat nima deydi” deb jim turamiz. Bu tinimsiz fikrlamayotganimizni bildiradi.

Sovet Ittifoqi davrida Jorj Oruellning “1984” asari 20 ta nusxada nashr etilgan. Bu kitob maxfiy raqam bilan saqlangan va uni oʻqish faqatgina siyosiy buyro aʼzolariga mumkin boʻlgan. Oddiy xalqqa bu kitobni oʻqish taqiqlangan. Chunki oʻsha davrda “bunday kitoblar chiqarilsa, xalq qoʻzgʻalib ketadi”, deb oʻylashgan. Shunday ham boʻldi. Mixail Sergeyvich Garbachov davrida ochiq siyosat olib borildi. Buning natijasida SSSR quladi.

Shoir Shukurulloning “qoʻrqib yashamoqni oʻzi ham oʻlim”, degan gaplari bor. Yaʼni qoʻrqib yashagandan koʻra, yashamagan yaxshi. Tabiiyki, erkin fikrlaydigan odamlar mamlakatda boʻlsa, davlat ozgina oshkoralikdan qoʻrqib erkin fikrlovchilarni qatagʻon qiladi.

— Hamid aka siz nima deb oʻylaysiz? Asarining tarjima qilinishi oʻzbek jamiyati uchun qanchalik foydali boʻldi?

Hamid Sodiq: — “1984” romani Sovet Ittifoqida dastlab 1988-yilda nashr etilgan ekan. Asar nashr etilganidan koʻp oʻtmay SSSR ham quladi. Albatta, bu kitobning chop etilgani uchun emas. Aslida Sovet Ittifoqi oʻzining zulmi evaziga qulash arafasiga kelib qolgan edi.

Islom Karimov davrida rasmiy taqiq boʻlmasa ham, Jorj Oruellning “1984” asari tarjima qilinmadi. O‘sha vaqtda jamiyat oʻzining tafakkuri bilan anglardiki, “1984”, “Biz” va “Ajib dunyo” asarlar siyosiy kun tartibiga toʻgʻri kelmasdi.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan keyin jamiyat anglab yetdiki, imkoniyat borida bu kitoblarni tarjima qilish kerak. Chunki amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning orqaga qaytish masalasida kafolat yoʻq. Islohotlarni siyosiy institutlar ushlab qoladi. Mana shu siyosiy institutlarni vatandoshlik jamiyati shakllantiradi. Bu asar vatandoshlik jamiyatining ongini rivojlantiradi.

 


Foydali


														
														Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Mobil telefonlar allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan. Kun davomida bu qurilma qo‘limizda turadi.
15:23 / 23.01.2025

														
														Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024

														
														Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriylar sulolasi deganda judayam katta tarix ko‘z oldimizga keladi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya – E…
16:54 / 13.11.2024

														
														Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

FVV mas’uli qanday qilib is gazidan zaharlanish yuzaga kelishi hamda u nega inson o‘limiga olib kelishini tushuntirdi.
11:02 / 09.11.2024

														
														Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Yangi oq uzum. Bir kunda ikki hissa yangi oq uzum iste’mol qilish ona sutini ko‘paytiradi.
15:18 / 02.11.2024

														
														Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Haftasiga 2 bo‘lak baliq go‘shti iste’mol qilganlarda o‘lim xavfi 3 martadan 1 martagacha kamayishi mumkin. Yurak kasallikla…
15:15 / 02.11.2024

														
														Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Taomni yaxshi chaynagan, kam chaynaganga nisbatan kam yeb-ichadi. Chunki taom quvvatini kamchiliksiz qabul qilgan bo‘ladi.
11:33 / 31.10.2024

														
														Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Bosh barmoq massaj qilinganda, miya faoliyati kuchayadi va bosh og‘rig‘i yengillashadi;Ko‘rsatkich barmoq massaj qilinganda …
11:10 / 28.10.2024

														
														Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Go‘sht iste’mol qilishning normasi turli omillarga, jumladan yosh, jismoniy faollik darajasi va umumiy sog‘lig‘ingizga bog‘l…
10:56 / 28.10.2024

														
														Ibn Sino non haqida nimalar degan edi?

Ibn Sino non haqida nimalar degan edi?

Non tuzli, yaxshi oshirilgan bo‘lishi, tandirda yaxshi pishirilishi, bir kechadan keyin yeyilishi kerak.
17:37 / 27.10.2024

Bu ham qiziq

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Ayrim rossiyalik OAVlar, masalan, “Argumenty i fakty” nashri bu keng ko‘lamli hujumni “qasos” deb atadi.
14:23 / 06.06.2025
Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Ronaldu ko‘p takliflarga qaramay, mundialda qatnashmaslikka qaror qilganini aytgan.
19:37 / 07.06.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025
Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Mask X platformasida prezident Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda qayd etilgani sababli…
12:08 / 06.06.2025
O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston Respubli…
11:33 / 07.06.2025
Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llashda davom etishga va’da berdi

Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llashda davom etishga va’da berdi

Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi saytida xabar berildi.
14:55 / 05.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025
Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Bu guruhni ayrimlar xalq militsiyasi deb, boshqalar esa jinoyatchilar to‘dasi deb atamoqda. Klanning o‘zi esa “Maqsadimiz — …
22:04 / 06.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!