$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

15:23 / 23.01.2025

Mobil telefonlar allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan. Kun davomida bu qurilma qo‘limizda turadi. Undan ish, muloqot qilish, ko‘ngilochar faoliyat va o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida foydalanamiz. Telefonlar ko‘plab ishimizni yengillashtirishi bor gap. Lekin uning yordamidan tashqari, salbiy ta’sirini ham unutmasligimiz kerak. U avvalo ruhiyatimizga salbiy ta’sir qilishini unutmasligimiz lozim.

Telefonning ruhiyatimizga salbiy ta’siri

1. Stress va charchoq: ijtimoiy tarmoqlar orqali keladigan tinimsiz xabarlar, bildirishnomalar bizni doimiy ravishda tayyorgarlik holatida ushlab turadi. Bu esa stress va ruhiy charchoqqa olib keladi. American Psychological Association tadqiqotlariga ko‘ra, bu kabi uzluksiz qo‘zg‘atuvchilar stress gormoni – kortizol darajasini oshiradi.

2. Uyqu sifatining buzilishi: Harvard Medical School tadqiqotlariga ko‘ra, telefon ekranidan tarqaladigan yorug‘lik uyqu gormoni – melatoninning ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Buning natijasida uyqu sifatsiz bo‘ladi. Qancha uxlasangiz ham uyquga to‘ymaysiz.

3. Diqqatni jamlash pasayib ketadi: telefon orqali turli xil ma’lumotlarning oqimi bizni ko‘p vazifalikka o‘rgatadi. Bu esa bir narsaga diqqatni jamlashni qiyinlashtiradi.

4. Yolg‘izlik hissi: yuzma-yuz muloqotning yetishmasligi ijtimoiy aloqalarning sifati pasayishiga olib keladi va yolg‘izlik hissini oshiradi.

5. O‘zini past baholash va ijtimoiy taqqoslash: ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarning hayoti bizga ideal ko‘rinishi oqibatida o‘zimizni o‘zgalar bilan ko‘p solishtiramiz. Natijada o‘zimizga past baho beramiz, hayotga qiziqishimiz so‘nib, ishtiyoqimiz yo‘qoladi. Pew Research Center tadqiqotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining 64 foizi o‘zlarini boshqalar bilan solishtirish natijasida ruhiy siqilishga duchor bo‘lishadi.

 

Telefonga bo‘lgan qaramlikni cheklash bo‘yicha tavsiyalar

Quyida telefonni kamroq ishlatish va ruhiy sog‘likni yaxshilash uchun bir nechta tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:

1. Bildirishnomalarni cheklang: faqatgina eng muhim xabarlar uchun bildirishnomalarni yoqib qo‘ying. Bu ortiqcha chalg‘imaslikka yordam beradi.

2. Vaqtni belgilab oling: telefonni ishlatish yoki ishlatmaslik uchun har kuni ma’lum vaqtni belgilab oling. Masalan, ertalab 1 soat, tushlikda 1 soat foydalaning va yotishdan avval telefon ishlatmang. Bu uyqu sifatini buzilishiga olib keladi.

3. Maxsus zonalarni belgilab oling: yotoqxonada, oshxonada telefon ishlatmaslikka rioya qiling.

4. Raqamli detoks kunini tashkillashtiring: haftaning bir kunini yoki ma’lum bir vaqtni telefonsiz o‘tkazing. Shu vaqtda kitob o‘qing, tabiat qo‘ynida sayr qiling, xullas, sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning.

5. Ko‘z ekran vaqtini kuzating: telefoningizdagi maxsus dasturlar yoki funksiyalar orqali qancha vaqtni qaysi ilovalarda sarflayotganingizni kuzatib, ortiqcha vaqt sarflashni kamaytiring. Statistika tadqiqotlariga ko‘ra, odatiy foydalanuvchi kuniga o‘rtacha 4 soatni telefon ekranida o‘tkazadi.

6. Muqobil faoliyat toping: telefonda vaqt o‘tkazish o‘rniga boshqa foydali va qiziqarli faoliyatlar bilan shug‘ullaning, masalan, sport bilan shug‘ullanish, san’at asarlari yaratish yoki yaqinlaringiz bilan jonli muloqot qilish kabi.

Telefon hayotimizdagi ayrim ishlarni qulayroq, tezroq va samarali qilishda katta ahamiyatga ega. Lekin undan ko‘p foydalanish yaxshi emas. Telefonni ishlatish odatlarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. hayotimizni balansda ushlab turishimiz shart va muhimdir. Zamonaviy dunyoda telefon bu qurol. Lekin uni qanday ishlatish o‘zimizga bog‘liq.

Maqola muallifi: Munisaxonim Irisova


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!