$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

16:54 / 13.11.2024

Temuriylar sulolasi deganda judayam katta tarix ko‘z oldimizga keladi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya – Eron, Iroq, Suriya va Oʻrta Osiyoda joylashgan Temuriylar imperiyasi (1370-1507) va Hindiston yarimorolida joylashgan Temuriy-Boburiylar imperiyasini tuzdilar (1526-1857). Mana shu vaqt ichida nechtalab malikalar yashadi, ayrimlari siyosatga aralashdi, ayrimlari esa ijod bilan shug‘ullandi.

Qanchasining nomi mashhur bo‘lganu, qanchasi ommaga noma’lum.

Mashhurlari: Bibixonim, Gavharshodbegim, Saroy Mulkxonim, Xonzodabegim, Gulbadanbegim, Nurjahonbegim, Jahon Orobegim, Zebunnisobegim va Arjumandbonu (Mumtoz Mahal).

Temuriylar tarixi tadqiqotchisi Turg‘un Fayziyev ularga atab “Temuriy malikalar” nomli kitob yozgan.

Ushbu maqolada sizlarga “Humoyunnoma” asarini yozgan malika Gulbadanbegim haqida ma’lumotlar beramiz.

Gulbadanbegim kimning farzandi?

Gulbadanbegim 1523-yili Kobulda tug‘ilgan. U Zahiriddin Muhammad Boburning Dildorbegim ismli ayolidan dunyoga kelgan 3-qizi. Bobur qizini Humoyun Mirzoning onasi, ya’ni Mohimbegim tarbiyalashi haqida farmon beradi. Chunki Mohimbegim Boburning eng suyukli va eng katta rafiqasi bo‘lib, saroyda ham boshqalardan o‘zining aql-idroki bilan ajralib turardi.

Gulbadanbegim o‘z onasini ham, tarbiyachisini ham birdek hurmat qilib, tuqqan onasini Dildorbegim, Mohimbegimni esa “onam hazratlari” deb chaqirgan.

Bobur Hindistonni bosib olgach, Agraga ko‘chib o‘tadi va 16 yoshida uni Xizrxo‘ja ismli kishiga turmushga berishadi. Ular 2 o‘g‘il va 1 nafar qiz farzandli bo‘lishadi.

1556-yilda Humoyunshoh vafot etadi. Uning o‘rniga hukumdorlikka o‘g‘li Akbarshoh tanlanadi. Akbarshoh ammasi Gulbadanbegimni judayam qattiq hurmat qilardi. Shu sababdan uni Dehlidagi saroyiga taklif qiladi. Gulbadanbegimga ilm olishi va ijod qilishi uchun sharoit yaratib qo‘yadi.

“Humoyunnoma”ni yozish fikri qayerdan kelgan?

Bir kuni Akbarshoh ammasiga sulolaga oid qanday voqealarni bilsa yozishini taklif qiladi va Gulbadanbegim bu taklifni qabul qiladi. Shohning iltimosiga binoan, Bobur Mirzo va Humoyunlarning hayoti, umr yo‘llaridagi voqealari, fe’l-atvori haqida, qolaversa saroydagi hayot tarzi, madaniyati, hukumdorning oilasiga oid to‘y, a’za bilan bog‘liq voqealar tafsilotini bayon qilgan holda “Humoyunnoma” asarini yozadi. Bu asar “Boburnoma”ning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Ayrim sanalarga va voqealarga aniqlik kiritadi. 1552-yilda Komron Mirzoning ko‘ziga mil tortilishi voqeasining bayoni bilan tugallanmay qoladi. Ming afsuski, “Humoyunnoma”ning oxirgi qismi o‘sha zamonning shafqatsiz yillarida yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirda asarning 83 varaqdan iborat yagona qo‘lyozma nusxasi Angliyaning Britaniya muzeyida saqlanadi.

Gulbadanbegim o‘zi yoshligidan adabiyot va tarixga judayam qiziqqan. Ayrim manbalarga ko‘ra, uning g‘azal yozishdayam uquvi borligi aytilgan.

Gulbadanbegimning vafoti va Akbarshohning munosabati

“Akbarnoma” asarining muallifi Abul Fazl 1575-yilda Gulbadanbegim Ka’ba ziyoratiga ketib, ming mashaqqatlar bilan 1582-yilda u yerdan qaytib kelgani haqida ma’lumotlar bergan. 1603-yilda nodir malika Gulbadanbegim 80 yoshida vafot etgan. Akbarshoh esa ammasining tobutini o‘g‘il sifatida ko‘tarib, dafn marosimida o‘g‘illik burchini bajargan.

Temuriy malikalardan bo‘lgan Gulbadanbegim faqat o‘zbek tarixida emas, balki jahon tarixida o‘zining “Humoyunnoma” asari, ilmi va axloqi bilan munosib joy olgan.

Maqola muallifi: Munisaxonim Irisova


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!