$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

11:02 / 09.11.2024

FVV mas’uli qanday qilib is gazidan zaharlanish yuzaga kelishi hamda u nega inson o‘limiga olib kelishini tushuntirdi.

“Aytib o‘tishimiz kerakki, bunda is gazi bilan zaharlanishda yuqorida aytib o‘tgan odamlarning halok bo‘lish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi. Biz kislorod bilan tirikmiz. Agar qisqa vaqt ichida, masalan, 5 daqiqa ichida kislorod miyamizga yetib bormasa, inson halok bo‘lishi mumkin.

Xona havosining taxminan 8 foizi kisloroddan tashkil topadi. Endi, agar o‘sha joyda bir metr kub gaz yonar ekan, xonamizdagi o‘n metr kub havoni yoqib qo‘yadi. Havo yo‘qolgach, uning o‘rnida is gazi paydo bo‘ladi.

Hozirgi kunda biz uyimizda ko‘p o‘zgartirishlarni kiritganmiz. Masalan, oshxona eshigi yoki tashqi tomondan kiradigan eshigimiz. Avvalgi standartlarni ko‘radigan bo‘lsak, mana shu eshikning tagida, oddiyroq qilib aytganda, bir barmoq sig‘adigan darajada tirqish bo‘lishi kerak. Tashqaridan havo kirishi kerak. Tashqaridan havo kirgandagina uyimizdagi shamollatish tizimi ishlaydi. Tashqaridan qo‘shimcha havo kiradi va bu yerdagi havo yoki paydo bo‘lgan yengil is gazi yuqoriga qarab harakatlanadi.

Shamollatish tizimi orqali bizda eshik va derazalar germetiklanib ketgan. Xonani isitishimiz kerak, lekin eshiklarni ham germetik qilib qo‘ysak, deraza romlari ham rezinali bo‘lsa, xonaga qo‘shimcha havo kirmagandan keyin yongan gaz hatto shamollatish tizimi ishlasa ham, o‘z ishini to‘la bajara olmaydi. Sirkulyatsiya — havoning almashinish jarayoni ishlamaydi. Bu esa is gazining xona ichida yig‘ilishiga va insonlarning halokatiga olib keladi.

Yuqorida aytganimizdek, natijada gemoglobin “ikki qo‘liga kislorodni ushlamaydi-da, kislorod oksidini ushlab oladi va butun organizmga tashishni” boshlaydi. Natijada karboksigemoglobin hosil bo‘ladi. U organizmda ko‘payib ketganidan keyin doimiy zaiflik (gipoksiya) va keyinchalik anoksiya, ya’ni miyani o‘lishiga, keyin hushdan ketishga olib keladi. Oxir-oqibatda inson vafot etadi. Bu jarayonni inson sezmaydi, u juda sekin kechadi.

Hozir agar tayyorgarlik ko‘rmasak, bugun vaqtimiz bor, hali qahraton sovuq kunlar kelgani yo‘q. Bizning ob-havomiz respublikamizda tez o‘zgarib turadi. Bugun iliq bo‘lsa, ertaga birdan sovib ketishi mumkin. Ko‘pincha ishga chiqib ketganimizdan keyin uy sovib qoladi va uyga kelganimizda farzandlarimiz sovuqda qolgan bo‘lishi mumkin. Ular pechni yoqib berishimizni so‘raydi. Hozir kunlar ancha qisqargan, kechki payt soat oltidan boshlab qorayishni boshlaydi. Biz ishdan uyga kelganimizda, albatta, kun qorayib bo‘ladi. Erinchoq odam, oldindan tayyorgarlik ko‘rmagan va pechni tozalashni unutgan kishi tomning ustiga chiqib pechni tozalash ishlarini ham unutadi. U tashqi tomondan dudbo‘ronni tozalashga erinadi va natijada uni tekshirmasdan turib yoqib yuboradi”, — dedi Samandar Hikmatullayev joriy yilning 7-noyabrda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rgangan monitoring hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022-yil is gazidan zaharlanish bo‘yicha 84 ta holat yuzaga kelib, 122 kishi halok bo‘lgan. Bunda yong‘in vaqtidagi holatlar ham hisobga olingan. 2023-yilda 46 ta holat yuzaga kelgan bo‘lsa, 2024-yilning shu davrida 32 ta holatda is gazidan zaharlanish sodir bo‘ldi.

FVV mas’uliga ko‘ra, bunday holatlarning oldini olish uchun pechning havoni tortishini yaxshilashga harakat qilish kerak. Pechni yoqishdan oldin tozalash uchun 104 qisqa raqami yoki 1050 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib tushuntirish olish kerak. Shuningdek, yong‘inga qarshi ko‘ngilli tashkilotlar xizmatidan foydalanib, dudbo‘ronlarni tozalatish kerak bo‘ladi.


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!